Close

Xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 28 – noyabr kuni xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha o‘zbek-qozoq qo‘shma komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferens aloqa shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tomonlar avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.

Xususan, 2023 – yilda yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun (uchinchi davlatlarga/dan) ruxsatnoma blankalarini almashish kvotalarini belgilash, shuningdek, yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboshlash tizimini yo‘lga qo‘yish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

Tomonlar E-permit tizimini joriy etish va uni ishga tushirishni jadallashtirish maqsadida ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.

Manba: mintrans.uz

2 021

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!