logo2-1

“O‘zvagonta’mir”AJ, uning tarkibiy bo‘linmalari yarim asrlik tarixga ega bo‘lsada, yangi tuzilmada o‘n sakkiz yildan beri faoliyat yuritadi. Mazkur rejada jamiyatimizning 2022 yilda daromadlarning o‘sishini ta’minlash maqsadida potentsial mijozlarni jalb qilish bo‘yicha ishlarini davom ettirish haqida so‘z yuritiladi va biznesni kengaytirishning asosiy vazifalari belgilab beriladi. Jamiyatning kundalik ishi jamiyatning o‘z mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi.

  1. Bugungi kunga kelib respublikada investitsiya faoliyatiga poydevor qo‘yish uchun qulay iqtisodiy va siyosiy sharoitlar yaratilgan. “O‘zvagonta’mir” AJ bozor islohotlarini amalga oshirishda oldinga intilish imkoniyatlari yaratildi.
  2. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida aniq ishlovchi qonun mavjud, qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirildi. Endi faoliyat davlat va xususiy sektor muassasalari tomonidan tegishli me’yorlarni qo‘llash va ularga amal qilishni ta’minlashga bog‘liq.
  3. “O‘zvagonta’mir” AJ shunday zarur bo‘lgan parametrlarga egaki, ularning asosida biznes hamkor va potensial investor hamkorning ishonchliligi, unga bo‘lgan ishonch haqida o‘z taassurotini shakllantiradi, ya‘ni:

– ilg‘orlik;

– kerakli miqdordagi resurslarning mavjudligi;

– muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;

– sohaning etakchilaridan biri;

– murakkab muammolarni hal qilish qobiliyati;

– xizmatlar sifatini yaxshilashga intilish;

– ishonchlilik;

– keng bilimga egalik.

“O‘zvagonta’mir” ochiq aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 3-martdagi 108-son va 9 martdagi 119-son qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasining 2002 yil 28-iyundagi 184KPO-son buyrug’iga asosan «O’ZTA’MIRVAGON» unitar korxonasi negizida qayta tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi 26.04.1996 yildagi 223-I-son Qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasining 06.05.2014 yildagi O’RQ-370-son Qonuniga va jamiyat aksiyadorlarining 2014-yil 20 iyunda o’tkazilgan umumiy yig’ilishi qaroriga asosan «O’ZVAGONTA’MIR» ochiq aksiyadorlik jamiyati – «O’ZVAGONTA’MIR» aksiyadorlik jamiyatiga o’zgartirildi.