JAMIYAT FAOLIYATINING

PREDMETI VA MAQSADLARI

1. Jamiyatning faoliyat olib borishdan asosiy maqsadi foyda olishdir.

2. Jamiyatning faoliyat turlari quyidagilar hisoblanadi:

• barcha turdagi yuk tashish, yo‘lovchi vagonlarini va konteynerlarni joriy, depo va kapital taʼmirlash hamda modernizatsiya qilish;

• harakatdagi tarkibning ehtiyot qismlarini va detallarini taʼmirlash va modernizatsiya qilish;

• zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda loyiha-konstruksiyalash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

• vagon xo‘jaligi faoliyati bo‘yicha zaruriy meʼyoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish;

• atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik toza texnologiyalarni tadbiq etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;

• taʼmirlash ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan butlovchi asbob-uskunalar, detallar, ehtiyot qismlarni chet eldan keltirilishi va mahalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirib borish;

• aholi va korxonalarga maishiy uy-joy xo‘jaligi, transport va savdo xizmatlari ko‘rsatish;

• xalq isteʼmoli mollari va qurilish materiallarini ishlab chiqarish va sotish;

• transport vositalarining barcha turlari uchun nostandart uskunalarni loyihalashtirish va tayyorlash;

• harakatdagi tarkibning alohida qismlarini sinovdan o‘tkazish;

• qurilish-montaj, qurilish-taʼmirlash, montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlari, uskunalar bilan qayta jihozlash va boshqa pudrat ishlarini amalga oshirish;

• ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish;

• aloqa kommunikatsiya va kompyuter tizimlarini joylashtirish, maishiy va murakkab elektron hamda Orgtexnikani sozlash, taʼmirlash hamda servis xizmatini ko‘rsatish;

• ulgurji tijorat va savdo faoliyatini amalga oshirish;

• turli xil ishlab chiqarish chiqindilari, ikkilamchi xom-ashyo va maishiy chiqindilarni yarim tayyor mahsulot hamda tayyor mahsulot sifatida yig‘ish, sotib olish, qayta ishlash va sotuvga chiqarish;

• marketing, agentlik va boshqa xizmatlari ko‘rsatish;

• pullik o‘qitish kurslarini tashkil qilish;

• tijorat do‘konlarini tashkil qilish va ishlatish;

• ko‘rgazmalar, kim oshdi savdolari va taqdimot marosimlarini tashkil qilish hamda o‘tkazish;

• qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va parrandachilik bilan shug‘ullanish va mahsulotlarini saqlash, jo‘natish va sotuvga chiqarish;

• umumiy ovqatlanishni tashkil qilish;

• tashqi iqtisodiy faoliyat;

• O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat va xizmat turlarini amalga oshirish.

3. Jamiyat qonun hujjatlarida man etilmagan va taʼsis hujjatlarida ko‘rsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanishi mumkin. Barcha faoliyat turlari, olib borish uchun talab qilinadigan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘yicha qonunlarda qabul qilingan tartibda litsenziya olingandan so‘ng amalga oshiriladi.

92