• Toshkent sh., 100060, Amir Temur shoh ko‘chasi 4-uy
Close

«9 may – Xotira va qadrlash kuni»

O‘zbekistonda 1999 yildan beri 9 may – Ikkinchi jahon urushida Germaniya fashizmi bosqinchilari mag‘lub etilgan va G‘arbiy frontda urush tugagan kunda Xotira va qadrlash kuni nishonlab kelinadi. Bu kunni shunday nomlash tashabbusi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti – Islom Karimovdir.

9 may-Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Hamma narsa inson uchun, uning manfaatlari uchun. Ana shu ezgu-maqsad istiqlol yillarida hayotimizda mustahkam o‘rin egalladi, izchil islohotlarning, yurtimiz mustaqil taraqqiyot yo‘lining bosh yo‘nalishi sifatida hamyurtlarimiz hayotida o‘zining mustahkam ifodasini topdi. Zotan bugun O‘zbekiston inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati ulug’lanadigan buyuk mustaqil davlatga aylandi.

Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug’ fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog’idadir. Ana shunday mardlik va jasorat namunasini ko‘rsatganlarga, jang maydonlarida jonini fido qilgan bobolarimiz, sabr-bardosh bilan katta qiyinchiliklarni yengib o’tgan momolarimizni sharaflash, xotirasini abadiylashtirish, ularga g’amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatish mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmun bilan boyidi.

Ulug’ Vatan urushi davrida O‘zbekistonda yashagan 6,5 million aholining 1,5 millioni frontga ketgan, ulardan 420 mingi qaytib kelmagan, 640 ming nafari yaralangan. 120 ming o‘zbekistonlik orden va medallar bilan taqdirlangan. Jumladan, 338 nafar o‘zbekistonlik Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. Urush yillarida O‘zbekiston xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan 1,5 million kishi uchun boshpana bo‘lgan.

    Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Ushbu kunda barcha bobolarimiz ham motabar buvilarimizni hamda oz Vatanini himoya  qilishda jonini fido qilgan va bu ayovsiz jangu-jadalda qahramonlarcha xalok bolganlar xotirasini biz yoshlar aslo unutmaymiz va unutmasligimiz kerak.

6

Related Posts

CALL ME
+
Call me!