Yuk vagonlarni aynan qaysi ta’mir turlari amalga oshiriladi?

“O‘zvagonta’mir” AJ tizimidagi Xovos, Andijon va Samarqand vagon depolarida barcha turdagi yuk vagonlarini DR – Depo ta’miri, KR – kapital ta’mir hamda KRP – kapital ta’mirlash bilan yuk vagonlarini xizmat muddatini 5 yilgacha uzaytirish turlari amalga oshiriladi.

Yo‘lovchilarni tashuvchi vagonlarining aynan qaysi ta’mir turlari amalga oshiriladi?

“O‘zvagonta’mir” AJ tizimidagi Andijon vagon deposida yo‘lovchi tashuvchi vagonlarning rejaviy ya’ni DR – Depo ta’miri amalga oshiriladi hamda ularga texnik ko‘rik turlaridan TO – 1 va TO – 3 turlari xam amalga oshiriladi.

Depolarda yuk vagonlarni ta’mirlash quvvati qancha?

Xovos, Andijon va Samarqand vagon depolarda, yuk vagonlarini ta’mirlash quvvati har bir depoda o‘rtacha, oyiga – 100 ta vagon, yil davomida esa 1200 ta vagonlarni ta’mirlash quvvatiga ega, ta’mir turlariga qarab.

Vagonlarning g‘ildirak juftliklarini ta’mirlash turlari?

“O‘zvagonta’mir” AJ vagon depolarining barchasida, g‘ildirak juftliklarini o‘rtacha ta’mir turi mavjud.

Vagonlarni ta’mirdan so‘ng kafolat muddati qanday?

Ta’mirlangan vagonlarni kafolat muddati keyingi ta’mir davrigacha yoki yo‘riqnomaga asosan amalga oshiriladi.