Hurmatli temiryo‘lchilar, aziz hamkasblar!
Sizlarni kasb bayramingiz — Temir yo‘l transporti xodimlari kuni munosabati bilan “O‘zvagonta’mir” aksiyadorlik jamiyati nomidan va shaxsan o‘z nomimdan samimiy muborakbod etaman!
Temiryo‘l sohasi mamlakatimiz iqtisodiyoti va transport tizimining barqaror rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ushbu sohada fidoyilik, mas’uliyat va yuksak kasbiy mahorat bilan mehnat qilayotgan har bir xodimning hissasi beqiyosdir.
“O‘zvagonta’mir” AJ jamoasi yuk vagonlarini ta’mirlash, ularning ishonchli va xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlash yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. Erishayotgan yutuqlarimiz, avvalo, Sizlarning halol mehnatingiz, fidoyiligingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz samarasidir.
Bugungi kasb bayrami munosabati bilan barchangizga mustahkam sog’liq, oilaviy baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik, yuksak marralar va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yurtimiz temiryo‘l tizimi taraqqiyoti, korxonamiz ravnaqi va Vatanimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli mehnatingiz bardavom bo‘lsin!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz temiryo‘lchilar!
“O‘zvagonta’mir” AJ ma’muriyati

