• Toshkent sh., 100060, Amir Temur shoh ko‘chasi 4-uy
Close

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN!

Hurmatli hamkasblar, aziz yurtdoshlar!

Sizlarni va sizlar orqali barcha oila a’zolaringizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Mustaqillik — xalqimizning erkin va farovon hayot sari dadil qadam tashlashi, milliy qadriyatlarimiz, an’ana va urf-odatlarimizning tiklanishi, yurtimizning dunyoda munosib o‘rin egallashi uchun mustahkam poydevor bo‘ldi.

Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlab, barcha sohalarda ulkan islohot va bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda. Temir yo‘l sohasi ham mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, hududlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutmoqda.

Shu ezgu kunda “O‘zvagonta’mir” AJ jamoasining har bir a’zosiga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat va farovonlik, mas’uliyatli va sharafli mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizning birdamligi va hamjihatligi bardavom bo‘lsin!

O‘zbekistonimizning mustaqilligi abadiy bo‘lsin!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“O‘zvagonta’mir” AJ rahbariyati

7

Related Posts

CALL ME
+
Call me!