Close

«O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida uch tomonlama Bitim imzolandi

Transport sohasida davlatlararo hamkorlik ulkan salohiyatga ega bo‘lib, bu shubhasiz, mamlakatlarning barqaror rivojlanishi va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

Mazkur jarayonda tashqi savdo transport yo‘laklarini yanada diversifikatsiyalash, muqobil yo‘nalishlarni rivojlantirish va yangilarini yaratish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

 

Ushbu yo‘nalishda mintaqa va umumjahon miqyosda katta ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirish ishlarini jadallashtirish, xususan, «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan uch davlatning sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab o‘tish zarur.

 

ShHT Samarqand sammiti doirasida 14 – sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Qirg‘iziston Respublikasi Transport va kommunikatsiyalar vazirligi, Xitoy Xalq Respublikasi Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi o‘rtasida «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temir yo‘li qurilishi (Qirg‘iziston hududida) loyihasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzolandi.

 

Mazkur hujjat bilan Qirg‘iziston Respublikasi hududidagi temir yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha barcha ishlarni 2023 – yilning birinchi yarim yilligida yakunlash belgilangan. Shuningdek, loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishda tomonlarning ishtiroki, moliyalashtirish va xarajatlarni taqsimlashiga aniqlik kiritilgan.

 

Loyiha Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va Janubiy yo‘lar bilan Fors ko‘rfazi davlatlariga tashuvlarni hamda savdo geografiyasini kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

 

Manba: mintrans.uz

Maqnba: mintrans.uz

508

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!