Close

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasida

Xabaringiz bor 25-iyundan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi boshlandi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan airports” AJ, “Toshshahartransxizmat” AJ, “Yo‘lqurilish” AJlarining markaziy apparati va tarkibiy tashkilotlari xodimlari ishtirokida “Konstitutsion islohotlar” mavzusida muhokama-munosabat tadbiri o‘tkazildi.

Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan tadbirda ikki ming nafardan ortiq xodimlar ishtirok etishdi. Unda bosh qomusimizga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning ahamiyati, dolzarbligi haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda ishtirok etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati D.Mamajanova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Davlat byudjeti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T.Eshnazarov konstitutsiyamizga kiritilishi kutilayotgan har bir o‘zgartirishlarni batafsil tahlil qilib berdi.

Yig‘ilishda Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan aholi fikri va takliflarini qabul qilish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi. Natijada, yurtimizda olib borilayotgan Konstitutsiyaviy islohotlarda nafaqat olimlar, huquqshunoslar, mutaxassislar, balki fuqarolarning o‘zi ham bevosita ishtirok etmoqda. Bildirilgan takliflarning tahlili xalqimizning mamlakatda bo‘layotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarga befarq emasligini, fuqarolar islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lishga intilayotganligini ko‘rsatmoqda.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi Konstitutsiyamizning 60 dan ortiq moddalariga 200 dan ortiq tuzatishlarni nazarda tutmoqda. Ushbu kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar va yangi normalar hisobiga konstitutsiya “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga asoslanadi.

Mazkur siyosiy jarayon jamiyatning barcha toifalari takliflarini o‘rganish va qabul qilish bilan boshlanganligi ham mamlakatimizda inson manfaatlari birinchi o‘ringa qo‘yilganini anglatadi.

Zero, Kostitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan nomalarga aylanadi.

Tadbirda konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Manba: mintrans.uz

442

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!