“O‘ZVAGONTA‘MIR” aksiyadorlik jamiyati 2022 yilning 29 iyun kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, 3-Farg‘ona yo‘li tor ko‘chasi, 163 uyda joylashgan “O‘ZVAGONTA‘MIR” AJ Markaziy apparati binosida jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini maʼlum qiladi. Aksiyadorlarni habardor qilish uchun reyestr shakllantirilgan sana – 31.05.2022y. Yig‘ilishda ishtirok etish uchun reyestr shakllantirilgan sana – 23.06.2022y. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish vaqti: 16.00 Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 15.00 dan boshlanadi. Yig‘ilish kun tartibi - Sanoq komissiyasi tarkibining soni va nomzodlarini tasdiqlash; - Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash; - “O‘ZVAGONTA‘MIR” AJ bosh direktorining 2021 yil uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari va biznes rejani bajarish bo‘yicha yillik hisobotini tasdiqlash; - Jamiyatning 2021 yil yakunlari bo‘yicha yillik buxgalteriya balansini tasdiqlash; - Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini 2021 yilda auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha jamiyat tashqi auditorining xulosasini tasdiqlash; - Jamiyat Taftish komissiyasining 2021 yil yakunlari bo‘yicha xulosasini tasdiqlash; - Jamiyat Kuzatuv kengashining 2021 yilda amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash; - Aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil yakunlari bo‘yicha faoliyatini tashqi auditdan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to‘lanadigan to‘lovning maksimal miqdorini tasdiqlash; - Aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishiga qadar jamiyat Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash; - Aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishiga qadar jamiyat Taftish komissiyasi aʼzolarini saylash; - Aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasi taqsimlanishini tasdiqlash; - Aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishiga qadar aksiyadorlik jamiyatining yagona ijro etuvchi organi – bosh direktori bilan mehnat shartnomasini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash; - “O‘ZVAGONTA‘MIR” AJ korporativ boshqaruv tizimini 2021 yil yakunlari bo‘yicha baholash natijalarini tasdiqlash; Amaldagi qonunchilikka muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi xujjat, aksiyadorlar vakillaridan esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab etiladi. Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar bilan “ O‘zvagonta‘mir ” AJ (manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, 3-Farg‘ona yo‘li tor ko‘chasi, 163 uy)da shanba va yakshanba kunlaridan tashqari xar kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha tanishish mumkin. Telefon: (95) 143-98-03, Elektron pochta manzili: uzvagontamir@railway.uz; veb-sayt: www.uzvagontamir.uz “O‘zvagonta‘mir” AJ Kuzatuv kengashi
459