Close

AKSIYADORLAR DIQQATIGA

       «O‘zvagontaʼmir» aksiyadorlik jamiyati 2022 yilning 3 mart kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, 3-Farg‘ona yo‘li tor ko‘chasi, 163 uyda joylashgan «O‘zvagontaʼmir» AJ Markaziy apparati binosida jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini maʼlum qiladi.
Aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr shakllantirilgan sana – 3.02.2022 y.
Yig‘ilishda ishtirok etish uchun reyestr shakllantirilgan sana – 25.02.2022 y.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish vaqti: 15:00
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 14:00 dan boshlanadi.

                                                                      Yig‘ilish kun tartibi
      1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash,
      2. Sanoq komissiyasi va uning shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
      3. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosi vakolatini muddatidan avval tugatish.
      4. Jamiyat kuzatuv kengashi aʼzosini saylash.

    Amaldagi qonunchilikka muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillaridan esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab etiladi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar bilan «O‘zvagontaʼmir» AJ (manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, 3-Farg‘ona yo‘li tor ko‘chasi, 163 uy)da shanba va yakshanba kunlaridan tashqari xar kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha tanishish mumkin. 

    Telefon: (95) 143-98-03
    elektron pochta manzili: uzvagontamir@mail.ru
    veb-sayt: www.uzvagontamir.uz

                                                                                                                                       «O‘zvagontaʼmir» AJ
                                                                                                                                          Kuzatuv kengashi
605

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!