Close

AKSIYADORLAR DIQQATIGA

    "O'zvagonta'mir"aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi 2021 yil 29 iyun kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Farg'ona yo'li 3-ko'chasi, 163-uy, "O'zvagonta'mir"AJ Markaziy apparati binosida o'tkazilishini ma'lum qiladi.
Yig'ilish soat 16-00 da boshlanadi, aksiyadorlarni ro'yxatga olish soat 15-00 da boshlanadi.
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish to'g'risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi – 2021 yil 28 may.
Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar reyestrini tuzish sanasi – 2021 yil 23 iyun.

                                                                                    KUN TARTIBI:
1.Hisob komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2.Aksiyadorlar yillik umumiy yig'ilishini o'tkazish reglamentini tasdiqlash.
3."O'zvagonta'mir" AJ bosh direktorining moliya-xo'jalik faoliyati yakunlari va jamiyatning 2020 yilgi biznes-rejasini bajarish to'g'risidagi yillik hisobotini tasdiqlash.
4.2020 yil yakunlari bo'yicha jamiyatning yillik buxgalteriya balansini tasdiqlash.
5.2020 - yilda jamiyatning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini audit qilish yakunlari bo'yicha jamiyatning tashqi auditorining xulosasini tasdiqlash.
6.2020 yil ish yakunlari bo'yicha taftish komissiyasi xulosasini tasdiqlash.
7.Jamiyat Kuzatuv Kengashining 2020 yilgi ish yakunlari bo'yicha hisobotini tasdiqlash.
8.Auditorlik firmasini aktsiyadorlik jamiyatining tashqi auditini o'tkazish uchun 2021 yil ish yakunlari va uning xizmatlari uchun to'lov miqdorining chegarasi bo'yicha tasdiqlash.
9.Keyingi yillik aksiyadorlar umumiy yig'ilishi o'tkazilguniga qadar jamiyat Kuzatuv kengashi a'zolarini saylash.
10.Keyingi yillik aksiyadorlar umumiy yig'ilishi o'tkazilguniga qadar jamiyat taftish komissiyasi a'zolarini saylash.
11.2020 yil ish yakunlari bo'yicha aksiyadorlik jamiyatining sof foydasini taqsimlashni tasdiqlash.
12.Yagona ijro etuvchi organ – aksiyadorlik jamiyati bosh direktori bilan mehnat shartnomasini keyingi yillik aksiyadorlar umumiy yig'ilishiga qadar uzaytirish to'g'risidagi qarorni tasdiqlash.
13.2020 yil yakunlari bo'yicha "O'zvagonta'mir" AJda o'tkazilgan korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalarini tasdiqlash.

     Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar bilan «O‘zvagontaʼmir» AJ (manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, 3-Farg‘ona yo‘li tor ko‘chasi, 163 uy)da shanba va yakshanba kunlaridan tashqari xar kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha tanishish mumkin.
    Telefon: (95) 143-98-03 
    elektron pochta manzili: uzvagontamir@mail.ru 
    veb-sayt: www.uzvagontamir.uz

    Aksiyadorlar pasport, aksiyadorlar vakillari – notarial tasdiqlangan ishonchnoma, yuridik shaxslar – amaldagi Qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonchnoma bo'lishi kerak.
    O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida" gi O'RQ-370-sonli qonuniga muvofiq barcha aksiyadorlarga elektron pochta manzillarini jamiyatning elektron pochta manziliga taqdim etishni so'raymiz.
                                                                                                                                                      "O'zvagonta'mir"AJ kuzatuv kengashi.
441

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!