• Toshkent sh., 100060, Amir Temur shoh ko‘chasi 4-uy
Close

AKSIYADORLAR DIQQATIGA

HURMATLI AKSIYADORLAR!

“OʻZVAGONTAʻMIR” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda – jamiyat) 2026-yilning 1-dekabr kuni Toshkent shahri, Mirobod tumani, A.Temur shoh koʻchasi 4-uyda joylashgan Jamiyat Markaziy apparati binosida jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi oʻtkazilishini maʼlum qiladi.

Aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr shakllantirilgan sana – 09.11.2026y.

Yig‘ilishda ishtirok etish uchun reyestr shakllantirilgan sana – 25.11.2026y.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazish vaqti: 16:00

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 15:00 dan boshlanadi.

Yig‘ilish kun tartibi

– Sanoq komissiyasi tarkibining soni va nomzodlarini tasdiqlash;

– Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish reglamentini tasdiqlash;

– “OʻZVAGONTAʻMIR” aksiyadorlik jamiyatining yangi tahrirdagi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillaridan esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab etiladi.

Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan “O‘zvagonta’mir” AJ (manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, A.Temur shoh ko‘chasi 4-uy)da shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 gachatanishish mumkin.

Telefon: (95) 324-98-03;

Elektron pochta manzili: uzvagontamir@railway.uz;

Veb-sayt: www.uzvagontamir.uz

 

“O‘zvagonta’mir” AJ

Kuzatuv kengashi

16

Related Posts

CALL ME
+
Call me!