“O‘ZVAGONTA’MIR” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – jamiyat) 2024 yilning 27 iyun kuni Toshkent shahri, Mirobod tumani, A.Temur shoh ko‘chasi 4-uyda joylashgan Jamiyat Markaziy apparati binosida jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reestr shakllantirilgan sana – 04.06.2024y.
Yig‘ilishda ishtirok etish uchun resstr shakllantirilgan sana – 21.06.2024y.
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish vaqti: 16.00
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 15.00 dan boshlanadi.
Yig‘ilish kun tartibi
- Sanoq komissiyasi tarkibining soni va nomzodlarini tasdiqlash;
- Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash;
- Jamiyat bosh direktorining jamiyat 2023 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari va biznes rejasining bajarilishi hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Jamiyatning 2023 yil yakunlari bo‘yicha yillik buxgalteriya balansini tasdiqlash to‘g‘risida.
- Jamiyatning 2023 yil uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvi yakunlari bo‘yicha tashqi auditorning xulosasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Jamiyat Taftish komissiyasining 2023 yil yakunlari bo‘yicha xulosasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Jamiyat Kuzatuv kengashining 2023 yilda amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Jamiyatning 2024 yil yakunlari bo‘yicha faoliyatini tashqi auditdan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatlariga to‘lanadigan to‘lovning maksimal miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash yoki ularning vakolatlarini aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishiga qadar uzaytirish to‘g‘risida;
- Jamiyat Taftish komissiyasi a’zolarining vakolatlarini aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishiga qadar uzaytirish to‘g‘risida;
- Aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash to‘g‘risida;
- Yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi – bosh direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha uzaytirish to‘g‘risida;
- Jamiyat ijro organi faoliyatining 2023 yildagi asosiy faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Moliyaviy–xo‘jalik faoliyatining 2023 yil yakunlari yuzasidan jamiyatda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo‘yicha xulosasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda joriy xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida affillangan shaxslar bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillaridan esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab etiladi.
Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan “O‘zvagonta’mir” AJ (manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, A.Temur shoh ko‘chasi 4-uy)da shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha tanishish mumkin.
Telefon: (95) 324-98-03,
elektron pochta manzili: uzvagontamir@railway.uz;
veb-sayt: www.uzvagontamir.uz
“O‘zvagonta’mir” AJ Kuzatuv kengashi