Close

Latviya – O‘zbekiston: transport-logistika sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Latviya transport vaziri Talis Linkayts bilan uchrashdi. Uchrashuvda transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Uchrashuvda tomonlar avtomobil va temir yo‘l tashuvlarida mavjud imkoniyatlardan, xususan, Riga porti salohiyatidan samarali foydalanish, port xizmatlaridan foydalanishda o‘zaro kelishgan holda chegirmalar taqdim etish, yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboshlash tizimini yo‘lga qo‘yish va tashuv hujjatlarini elektron E-CMR shaklga o‘tkazish, shuningdek, Toshkent–Riga yo‘nalishidagi aviaqatnovlar sonini oshirish, O‘zbekiston aeroportlari orqali pochta yuk tashuvlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda Talis Linkayts O‘zbekistonni transport sohasida strategik sherik deb bilishini, transport va logistika yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish har ikki tomon uchun ham manfaatli ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ushbu yo‘nalishda Latviya mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyorligini ma’lum qildi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldilar.

 

Manba: mintrans.uz

383

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!