Close

Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya qilish haqida Xabarnoma

“Rioya qil yoki tushuntir” (“comply or explain”) xalqaro tamoyilida e’lon

Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish bo’yicha Komissiya yig’ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga aksiyadorlar umumiy yig’ilishining 2016 yil 28 iyundagi qaroriga asosan “O‘zvagonta’mir” aksiyadorlik jamiyati o‘zining haqqoniy va ochiq biznes yuritish tarafdori ekanligini namoyon qilgan holda, ixtiyoriy ravishda amal qilmoqda.

2020 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zvagonta’mir” AJ o‘z faoliyatini Korporativ boshqaruv kodeksining (keyingi o‘rinlarda – Kodeks) tavsiyalariga rioya qilgan holda olib bordi va kelgusida ham ularga rioya qilishni ko‘zlaydi.

Shu bilan birga, hisobot davrida Kodeksning tavsiyalari ba‘zi istisnolar bilan amalga oshirildi.

I. Kodeksning III bo‘limi 15-bandi:

2-xatboshisining tavsiyasiga ko‘ra, Kuzatuv Kengashiga homiylik (xayriya) yoki beg’araz yordam ko‘rsatish (olish) tartibi va shartlarini belgilash hamda bu borada qaror qabul qilish huquqini faqat aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi va qonun hujjatlarida belgilangan doirada, bu haqda barcha aksiyadorlar uchun ma’lumotlarni oshkor etgan tarzda beradi;

Kodeksning mazkur tamoyiliga to‘liq rioya etish uchun homiylik (xayriya) yoki beg’araz yordam ko‘rsatish (olish)ning chegaraviy miqdori haqidagi masalani aksiyadorlar umumiy yig’ilishiga ko‘rib chiqish uchun kiritish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, “O‘zvagonta’mir” AJ ustaviga muvofiq jamiyat Kuzatuv kengashiga homiylik (xayriya) yoki beg’araz yordam ko‘rsatish (olish) shartlari va tartibini belgilash huquqi berilgan.

5-xatboshisining tavsiyasiga ko‘ra, ijro organining affillangan shaxslar bilan va yirik bitimlarni mustaqil amalga oshirishi uchun jamiyatning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog’liq bitimlarni aniqlash masalasi aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida muhokama qilinishi ta’minlanadi.

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g’risida”gi qonunga va “O‘zvagonta’mir” AJ ustaviga muvofiq aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolatiga qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda yirik bitimlarni amalga oshirish va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish to‘g’risida qaror qabul qilish masalalari kiritilgan.

Shu bilan birga, “O‘zvagonta’mir” AJning joriy xo‘jalik faoliyati bilan bog’liq bo‘lgan bitimlarni aniqlash masalasi “O‘zvagonta’mir” AJ aksiyadorlari umumiy yig’ilishida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

III. Kodeksning V bo’limi 22-bandi 4-xatboshisining tavsiyasiga ko’ra:

xorijiy tajribada muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan boshqaruv uslublari, shu jumladan, SWOT, GAP tahlil va boshqa yondashuvlar, maxsus dasturiy mahsulotlar va boshqalarni keng qo‘llaydi.

“O‘zvagonta’mir” AJ o‘z faoliyatida maxsus dasturiy mahsulotlardan foydalanadi. Shu bilan birga, “O‘zvagonta’mir” AJ da boshqaruv uslublari va boshqa yondashuvlarni qo‘llash, shuningdek zamonaviy boshqaruv tizimlarini tadbiq qilishni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda.

IV. Kodeksning VI bo’limi 25-bandi:

5-xatboshisining tavsiyasiga ko‘ra, AJ Kuzatuv kengashi qoshida tegishli masalalar, shu jumladan nizoli vaziyatlarni aniqlash va hal etish bo’yicha Kuzatuv kengashi, ijro organi a’zolari, jamiyat xodimlari va jalb etilgan ekspertlar (tegishli soha mutaxassislari, soha oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va boshqalar) dan tashkil topgan qo‘mitalar (ishchi guruhlari) tashkil etadi.

“O‘zvagonta’mir” AJ ustavida Kuzatuv kengashi qoshida qo‘mitalar (ishchi guruhlari) tashkil etish ko‘zda tutilgan.

664

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!