Close

“Xalqaro avtomobil tashuvlari: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston milliy avtomobil tashuvchilarining asosiy harakat yo‘nalishlarida xalqaro avtomobil tashuvlari ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, Yevroosiyo va Yevropa Ittifoqida xalqaro yuk tashuvlari jaryonida kun tartibida turgan asosiy dolzarb masalalarni muhokama etish, O‘zbekistonning transport-tranzit salohiyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish maqsadida Transport vaziriligi Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi hamda O‘zbekiston Xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Xalqaro avtomobil tashuvlari: muammolar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyani tashkil etdi.

 

Konferensiya ishida MDH, Boltiqbo‘yi, Ukraina, Turkiya, Eron, Pokiston, Germaniya, Estoniya, Polsha kabi 15 dan ortiq davlatlarning xalqaro avtomobil tashuvchilari uyushmasi rahbarlari va ekspertlari hamda Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi (IRU), TRACECA, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik Dasturi (CAREC), Turkiy davlatlar tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari vakillari ishtirok etishmoqda.

Konferensiyada ishtirok etgan Transport vaziri Ilhom Mahkamov o‘z nutqida pandemiyadan keyingi davrda xalqaro vaziyatning tez o‘zgarishi, geosiyosiy keskinlikning kuchayishi, transport sohasini takomillashtirish, yuklarni tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha kompleks ishlarni amalga oshirishni taqozo etayotganini ta’kidlab o‘tdi. – Bugungi murakkab va tashuvlar zanjirining buzilishi kuzatilayotgan sharoitda transport va logistika masalasi alohida e’tiborni talab qilmoqda. Ushbu jarayonda davlat idoralaridan tortib tashuvchigacha bo‘lgan barcha ishtirokchilarning sa’y-harakatlarini birgalikda qo‘llash muhim deb hisoblayman, – dedi u.

Konferensiya ishtirokchilari asosiy joriy koridorlar bo‘ylab davlatlar o‘rtasida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari va ustivor yo‘nalishlarini, xususan, xalqaro yuk tashuvlari jarayonida hujjatlar almashinuvini raqammlashtirish, professional kadrlar etishmasligi (birinchi navbatda malakali haydovchilar) bilan bog‘liq masalani hal etishda umumiy yondashuvlarni ishlab chiqish, istiqbolli transport koridorlari va marshrutlarining afzallik va kamchiliklarini, ularning muvafaqqiyatli rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ko‘p tomonlama hamkorlikni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan jihatlarni muhokama etishmoqda.

Manba: mintrans.uz

1 319

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!