Endilikda elektropoyezdlar uchun chiptalarni temir yo‘l vokzallari va bekatlarda olish shart emas, balki bevosita elektropoyezd vagonlarida АTTO transport kartalari yoki bank kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ishga tushirildi.
Ushbu qulaylik dastlabki bosqichda Toshkent – Xojikent yo‘nalishidagi elektropoyezdlarda joriy qilindi.
Tez kunlarda Toshkent – Bekobod, Toshkent – Xovos va Toshkent – Аngren yo‘nalishlaridagi elektropoyezdlarda ham elektron toʼlov tizimini ishga tushirish ko‘zda tutilgan.
Manba: mintrans.uz
468