Close

AKSIYADORLAR DIQQATIGA

“O’ZVAGONTA’MIR” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda – jamiyat) 2023 yilning 23 noyabr kuni Toshkent shahri, Mirobod tumani, A.Temur shoh ko‘chasi, 4-uyda joylashgan Jamiyat Markaziy apparati binosida jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr shakllantirilgan sana – 31.10.2023 y.

Yig‘ilishda ishtirok etish uchun reyestr shakllantirilgan sana – 20.11.2023y.

Umumiy yig‘ilish o‘tkazish vaqti: 16:00

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 15:00 dan boshlanadi.

 

Yig‘ilish kun tartibi

  • Sanoq komissiyasi tarkibining soni va nomzodlarini tasdiqlash.
  • Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash.
  • Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari vakolatlarini muddatidan avval tugatish.
  • Jamiyat taftish komissiyasi a’zolari  vakolatlarini muddatidan avval tugatish.
  • Jamiyat kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
  • Jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
  • Jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillaridan esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab etiladi.

Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan “ O’zvagonta’mir ” AJ (manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, A.Temur shoh ko‘chasi, 4-uy)da shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat
9:00 dan 18:00 gacha tanishish mumkin.

Telefon: (95) 143-98 -03;

elektron pochta manzili: uzvagontamir@railway.uz;

veb-sayt: www.uzvagontamir.uz

“O‘zvagonta‘mir” AJ Kuzatuv kengashi

193
CALL ME
+
Call me!