«O‘ZVAGONTA’MIR» AJ

aksiyadorlarining

2023-yil 23 noyabrda o‘tkazilgan

umumiy yig’ilishida

«Tasdiqlangan»

"O'ZVAGONTA'MIR" AKSIYADORLIK JAMIYATINING

USTAVI

I. UMUMIY QOIDALAR

Jamiyatning nomi, huquqiy maqomi hamda manzili va elektron pochta manzili

1.1. Jamiyatning nomi:

  • O’zbekiston Respublikasi davlat tilida: to’liq – «O’ZVAGONTA’MIR» aksiyadorlik jamiyati; qisqacha-«O’ZVAGONTA’MIR» AJ;
  • Rus tilida: to’liq – акционерное общество «O’ZVAGONTA’MIR»; qisqacha – AO «O’ZVAGONTA’MIR».

1.2. «O’ZVAGONTA’MIR» ochiq aksiyadorlik jamiyati (quyida jamiyat deb ataladi) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 3 martdagi 108-son va 9 martdagi 119-son qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasining 2002 yil 28 iyundagi 184 k-po-son buyrug’iga asosan «O’ZTA’MIRVAGON» unitar korxonasi negizida qayta tashkil etilgan.

1.3. O’zbekiston Respublikasining «aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi 26.04.1996 yildagi 223-I-son qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida»gi O’zbekiston Respublikasining 06.05.2014 yildagi O’RQ-370-son qonuniga va jamiyat aksiyadorlarining 2014 yil 20 iyunda o’tkazilgan umumiy yig’ilishi qaroriga asosan «O’ZVAGONTA’MIR» ochiq aksiyadorlik jamiyati – «O’ZVAGONTA’MIR» aksiyadorlik jamiyatiga o’zgartirildi.

1.4. Jamiyat o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari va mazkur Ustavga muvofiq olib boradi.

1.5. Jamiyat yuridik shaxs bo’lib, u o’z mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, shu jumladan o’zining ustav fondiga (ustav kapitaliga) berilgan mol-mulkka ega, O’zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida joylashgan banklarda o’rnatilgan tartibda hisob raqamlar va boshqa bank hisobvaraqlari ochish huquqiga, o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi hamda amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.

1.6. Jamiyat o’zi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga asoslanib ish olib boradigan filial, bo’limlar va vakolatxonalar ochishi mumkin.

1.7. Jamiyatning yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan sho»ba va tobe jamiyatlari, korxonalari bo’lishi mumkin. Jamiyat bilan sho»ba va tobe jamiyatlar, korxonalar o’rtasidagi munosabatlar amaldagi qonunlar va mazkur ustav bilan tartibga solinadi.

1.8. Jamiyat davlat tilida yozilgan to’la (qisqartirilgan) o’z nomi va manzili ko’rsatilgan dumaloq muhriga, shtamp va blankalariga, o’z timsoliga, shuningdek belgilangan tartibda Ro’yhatdan o’tkazilgan tovar belgisiga hamda boshqa o’z belgi-alomatlariga ega bo’lishiga haqlidir.

1.9. Jamiyatning pochta va huquqiy manzili: O’zbekiston Respublikasi, 100073, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Farg’ona yo’li 3-tor ko’chasi, 163 uy, elektron pochta manzili – uzvagontamir@mail.ru, uzvagontamir@railway.uz.

 

II .JAMIYATNING MAQSADI VA FAOLIYAT YO’NALISHLARI

2.1. Jamiyatning faoliyat olib borishdan asosiy maqsadi foyda olishdir.

2.2. Jamiyatning faoliyat turlari quyidagilar hisoblanadi:

  • barcha turdagi yuk tashish, yo’lovchi vagonlarini va konteynerlarni joriy, depo va kapital ta’mirlash hamda modernizasiya qilish;
  • xarakatdagi tarkibning extiyot qismlarini va detallarini ta’mirlash va modernizasiya qilish;
  • zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda loyixa-konstruktsiyalash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
  • vagon xo’jaligi faoliyati bo’yicha zaruriy me’yoriy-texnik xujjatlarni ishlab chiqish;
  • atrof-muxitni muxofaza qilish va ekologik toza texnologiyalarni tadbiq etish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish;
  • ta’mirlash extiyojlari uchun zarur bo’lgan butlovchi asbob-uskunalar, detallar, extiyot qismlarni chet eldan keltirilishi va maxalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirib borish;
  • aholi va korxonalarga maishiy uy-joy xo’jaligi, transport va savdo xizmatlari ko’rsatish;
  • xalq iste’moli mollari va qurilish materiallarini ishlab chiqarish va sotish;
  • transport vositalarining barcha turlari uchun nostandart uskunalarni loyxalashtirish va tayyorlash;
  • xarakatdagi tarkibning aloxida qismlarini sinovdan o’tkazish;
  • qurilish-montaj, qurilish-ta’mirlash, montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlari, uskunalar bilan qayta jixozlash va boshqa pudrat ishlarini amalga oshirish;
  • ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish;
  • aloqa kommunikasiya va kompyuter tizimlarini joylashtirish, maishiy va murakkab elektron hamda Orgtexnikani sozlash, ta’mirlash xamda servis xizmatini ko’rsatish;
  • ulgurji tijorat va savdo faoliyatini amalga oshirish;
  • turli xil ishlab chikarish chiqindilari, ikkilamchi xom-ashyo va maishiy chiqindilarni yarim tayyor maxsulot hamda tayyor maxsulot sifatida yig’ish, sotib olish, qayta ishlash va sotuvga chiqarish;
  • marketing, agentlik va boshqa xizmatlari ko’rsatish;
  • pullik o’qitish kurslarini tashkil qilish;
  • tijorat do’konlarini tashkil qilish va ishlatish;
  • ko’rgazmalar, kim oshdi savdolari va taqdimot marosimlarini tashkil qilish xamda o’tkazish;
  • qishloq xo’jaligi, chorvachilik va parrandachilik bilan shug’ullanish va mahsulotlarini saqlash, jo’natish va sotuvga chiqarish;
  • umumiy ovqatlanishni tashkil qilish;
  • tashqi iqtisodiy faoliyat;
  • O’zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo’lmagan boshqa faoliyat va xizmat turlarini amalga oshirish.

2.3. Jamiyat qonun xujjatlarida man etilmagan va ta’sis xujjatlarida ko’rsatilmagan istalgan faoliyat turi bilan +onun xujjatlarida belgilangan tartibda shug’ullanishi mumkin. Barcha faoliyat turlari, olib borish uchun talab qilinadigan maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo’yicha qonunlarda qabul qilingan tartibda lisenziya olingandan so’ng amalga oshiriladi.

 

III. JAMIYAT USTAV FONDINING (USTAV KAPITALINING) MIQDORI, UNING KO’PAYTIRISH VA KAMAYTIRISH TARTIBI

3.1. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasida ifodalanadi. Jamiyat tomonidan chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo’ladi.

3.2. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) jamiyat mol-mulkining jamiyat kreditorlari manfaatlarini kafolatlaydigan eng kam miqdorini belgilaydi.

3.3. Ustav fondining qiymati 2.968.227.000 (ikki milliard to’qqiz yuz oltmish sakkiz million ikki yuz yigirma etti ming) so’m miqdorida belgilangan bo’lib, 2.968.227 dona aksiyaga bo’lingan, shu jumladan:

– «O’zbekiston temir yo’llari» aksiyadorlik jamiyati –

90 foiz (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.10.2009 yildagi №286-son qarori), 2.671.404.000 so’m, 2.671.404 dona aksiyaga bo’lingan;

– mehnat jamoasi va «O’zbekiston temir yo’llari» AJ xodimlariga – 10 foiz, 296.823.000 so’m, 296.823 dona – aksiyaga bo’lingan.

Ustav fondini ko’paytirish

3.4. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) qo’shimcha aksiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin.

3.5. +o’shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan, e’lon qilingan aksiyalarning soni doirasida jamiyat tomonidan joylashtirilishi mumkin.

3.6. Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko’paytirish to’g’risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o’zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aksiyadorlar umumiy yig’ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv Kengashiga shunday qarorlar qabul qilish huquqi berilgan bo’lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinadi.

Ustav fondini kamaytirish

3.7. Jamiyatning ustav fondi (ustav kapitali) aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yo’li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda jamiyat tomonidan aksiyalarni olish yo’li bilan kamaytirilishi mumkin.

3.8. Jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirishga, agar buning natijasida uning miqdori jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) jamiyat ustavidagi tegishli o’zgartishlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish sanasida aniqlanadigan, +onunlarda belgilangan eng kam miqdoridan kamayib ketsa, haqli emas.

 

IV. JAMIYAT AKSIYALARINING SONI, NOMINAL QIYMATI, TURLARI

4.1. Jamiyat tomonidan xar birining nominal qiymati 1000 so’m bo’lgan, oddiy egasi yozilgan, umumiy qiymati 2.968.227.000 so’mga teng bo’lgan, 2.968.227 dona aksiyalar chiqarilgan.

4.2. Jamiyat qimmatli qog’ozlarini muomalaga chiqarish, ro’yxatga olish, joylashtirish va hisob-kitob qilish tartibi amaldagi Qonunchilik hamda mazkur Ustavga muvofiq belgilanadi.

4.3. Jamiyat aksiyalar, obligasiyalar va O’zbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish huquqiga ega.

4.4. Aksiyadorlar birinchi chiqarilgan aksiyalar uchun badallarini faqat pul mablag’lari bilan to’lashlari, keyingi chiqariladigan aksiyalar uchun esa quyidagi usullar bilan to’lashlari mumkin: pul ko’rinishida (so’mda yoki chet el valyutasida); turli mulk ko’rinishida; qimmatli qog’ozlar ko’rinishida.

4.5. Jamiyat aksiyadorlari yangi chiqqan aksiyalarni sotib olishda imtiyozli huquqlarga ega. Agarda yangi chiqarilgan aksiyalar aksiyadorlar o’rtasida va jamiyat ishchilari o’rtasida sotilmagan taqdirda qolgan aksiyalar fond birjalarida erkin savdoda sotish yo’li bilan tarqatiladi. Jamiyat tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul mablag’lari bilan to’lanadigan emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo’lgan aksiyadorlar o’ziga tegishli shu turdagi aksiyalar miqdoriga mutanosib miqdorda ularni imtiyozli olish huquqiga ega.

4.6. Reestr yurituvchi aksiyadorlarni reestrini olib boradi, reestrga ularga qarashli qimmatli qog’ozlarni miqdorini, nominal qiymatini va ularga tegishli qimmatli qog’ozlar kategoriyasini ko’rsatadi.

4.7. Aksiyadorning aksiyadorlar umumiy yig’ilishida ishtirok etishi, dividendlar olishi va emitent tomonidan korporativ xarakatlar bajarilganda qonun xujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni amalga oshirishi jamiyat aksiyadorlarining belgilangan sanadagi xolatga ko’ra shakllantirilgan reestri asosida amalga oshiriladi.

4.8. Jamiyat aksiyalarining 50 va undan ortiq foizi egasiga aylangan shaxs, agar u bungacha mazkur jamiyat aksiyalariga egalik qilmagan yoki aksiyalarining 50 foizidan kamrog’iga egalik qilgan bo’lsa, qolgan aksiyalar egalariga aksiyalarni bozor qiymati bo’yicha o’ziga sotishlari borasidagi taklifini o’ttiz kun ichida e’lon qilishi shart. Aksiyadorning o’ziga tegishli aksiyalarni sotishi to’g’risidagi yozma roziligi e’lon qilingan kundan e’tiboran o’ttiz kun ichida olingan taqdirda, jamiyatning 50 va undan ortiq foiz aksiyalari egasi mazkur aksiyalarni sotib olishi shart.

 

V. AKSIYADORLARNING HUQUQ VA BURCHLARI

5.1. Jamiyatning xar bir oddiy aksiyasi aksiyadorga, ya’ni uning egasiga teng huquq beradi.

5.2. Oddiy aksiyalarning egalari bo’lgan aksiyadorlar qonunga va jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida mazkur yig’ilish vakolatiga kiradigan barcha masalalar bo’yicha ovoz berish huquqi bilan ishtirok etishi mumkin, shuningdek dividendlar olish, jamiyat tugatilgan taqdirda esa, o’zlariga tegishli ulushga muvofiq jamiyat mol-mulkining bir qismini olish huquqiga ega.

5.3. Aksiyadorlar quyidagi huquqlarga ega:

– tegishli jamiyat aksiyadorlarining reestriga kiritilish;

– depozitariydagi depo hisobvaraqidan o’ziga taalluqli ko’chirma olish;

– jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida olish;

– jamiyat tugatilgan taqdirda o’zlariga tegishli ulushga muvofiq mol-mulkning bir qismini olish;

– aksiyadorlarning umumiy yig’ilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish;

– jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risida to’liq va ishonchli axborotni belgilangan tartibda olish;

– olgan dividendini erkin tasarruf etish;

– qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organida, shuningdek sudda o’z huquqlarini himoya qilish;

– o’ziga etkazilgan zararning o’rni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish;

– o’z manfaatlarini ifodalash va himoya qilish maqsadida uyushmalarga va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlariga birlashish;

– qimmatli qog’ozlarni olishda zarar ko’rish, shu jumladan boy berilgan foyda ehtimoli bilan bog’liq tavakkalchiliklarni sug’urta qilish huquqiga ega.

5.4. Aksiyalarni boshqa shaxsga berishga doir cheklov belgilanishi aksiyadorni — mazkur aksiyalar egasini ushbu qonunda belgilangan tartibda jamiyatni boshqarishda ishtirok etish va ular bo’yicha dividendlar olish huquqidan mahrum qilmaydi.

5.5. Aksiyadorlar majburiyatlari:

-ushbu ustavda ko’zda tutilgan tartib, miqdor va usulda aksiyalarga pul to’lash;

– ushbu ustavda va O’zbekiston Respublikasining «aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi 26.04.1996 yildagi 223-I-son yangi tahrirdagi +onunida (keyingi matnlarda +onun) ko’rsatilgan tartibda jamiyat boshqaruvida qatnashish;

– Jamiyat boshqaruvi organlarining qarorlariga, mazkur ustavda ko’zda tutilgan doirada bo’ysunish;

– Jamiyat faoliyati to’g’risidagi maxfiy axborotlarni tarqatmaslik.

 

VI. ZAXIRA VA BOSHQA JAMG’ARMALARNI TASHKIL ETISH TARTIBI

6.1. Jamiyat sof foydasi hisobidan ustav fondining (ustav kapitalining) 15 foizi miqdorida-zaxira fondi tashkil etiladi.

6.2. Jamiyatning zaxira fondi jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydadan har yilgi majburiy ajratmalar orqali shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalarning miqdori jamiyat ustavida nazarda tutiladi, ammo bu miqdor jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguniga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo’lmasligi kerak.

6.3. Boshqa mablag’lar mavjud bo’lmagan taqdirda, jamiyatning zaxira fondi jamiyatning zararlari o’rnini qoplash, jamiyatning korporativ obligasiyalarini muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash va jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun mo’ljallanadi.

6.4. Jamiyatning zaxira fondidan boshqa maqsadlar uchun foydalanish mumkin emas.

6.5. Jamiyat boshqa fondlarni tashkil etish nazarda tutilishi mumkin.

6.6. Jamiyat sof aktivlarining qiymati buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo’yicha, jamiyat aktivlari va majburiyatlarining umumiy summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

 

VII. DIVIDENDLARNI TAQSIMLASH VA TO’LASH TARTIBI

7.1. Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadigan qismidir.

7.2. Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo’yicha e’lon qilingan dividendlarni to’lashi shart.

7.3. Dividend aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra pul mablag’lari yoki boshqa qonuniy to’lov vositalari yoxud jamiyatning qimmatli qog’ozlari bilan to’lanishi mumkin.

7.4. Dividend aksiyadorlar o’rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

7.5. Jamiyat moliyaviy yilning natijalariga ko’ra, joylashtirilgan aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash to’g’risida qaror qabul qilishga haqli.

7.6. Aksiyalarning har bir turi bo’yicha dividendlar to’lash, dividendning miqdori, uni to’lash shakli va tartibi to’g’risidagi qaror jamiyat kuzatuv Kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo’lgan taqdirda, moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko’p bo’lishi mumkin emas.

7.7. Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasidan va (yoki) o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to’lanadi.

7.8. Dividendlarni to’lash muddati va tartibi jamiyatning aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni to’lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e’tiboran oltmish kundan kech bo’lmasligi lozim.

7.9. Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo’ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra jamiyat ixtiyorida qoladi.

7.10. Aksiyadorlarga dividendlarni to’lash to’g’risida qaror qabul qilingan aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar bo’yicha dividend olish huquqiga ega.

7.11. Dividendlarni to’lashga doir cheklovlar, jamiyat:

– agar dividendlar to’lanadigan paytda jamiyatda bankrotlik belgilari mavjud bo’lsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni to’lash natijasida paydo bo’lsa;

– agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav kapitali) va zaxira fondi summasidan kam bo’lsa, aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash to’g’risida qaror qabul qilishga hamda dividendlar to’lashga haqli emas.

7.12. Yuqoridagi bandda ko’rsatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan dividendlarni aksiyadorlarga to’lashi shart.

7.13. Jamiyat dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e’lon qiladi.

7.14. Jamiyat to’lanadigan dividendlar miqdori to’g’risidagi ma’lumotlarni qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organining va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda e’lon qiladi.

7.15. Dividendlarga soliq solish soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish bo’yicha imtiyozlar belgilanishi mumkin.

 

VIII. AKSIYADORLARNING UMUMIY YIG’ILISHI VA UNING VAKOLATLARI

8.1. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi jamiyatning boshqaruv organlaridir.

8.2. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi jamiyatning yuqori boshqaruv organidir.

8.3. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini jamiyat kuzatuv Kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko’ra bo’lmagan taqdirda esa, jamiyat kuzatuv Kengashining a’zolaridan biri olib boradi.

8.4. Jamiyat xar yili aksiyadorlarning yillik (navbatdagi) umumiy yig’ilishini o’tkazishi shart. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi yil tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o’tkaziladi. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi (yillik) umumiy yig’ilishi xar yili odatda may yoki iyun oylarida o’tkaziladi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to’g’risidagi, shuningdek jamiyatning yillik hisoboti, jamiyat ijroiya organi va kuzatuv Kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar to’g’risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko’rib chiqiladi.

8.5. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishidan tashqari o’tkaziladigan umumiy yig’ilishlari navbatdan tashqari yig’ilishlardir.

8.6. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazish sanasi va tartibi, yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning (axborotning) ro’yxati jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

8.7. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:

– jamiyatni qayta tashkil etish;

– jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;

– jamiyat kuzatuv Kengashining va minoritar aksiyadorlar qo’mitasining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

– o’z aksiyalarini olish;

– jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;

-jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to’g’risidagi nizomni tasdiqlash;

– jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo’nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o’rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash;

– jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;

– jamiyat kuzatuv Kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) o’z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv Kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish;

-aksiyadorlar umumiy yig’ilishining reglamentini tasdiqlash;

– aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;

– qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish.

8.8. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining qarorlari:

– aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ovozga qo’yilgan masalalar bo’yicha jamiyatning oddiy aksiyalari egalari bo’lgan aksiyadorlar ovoz berish huquqiga ega bo’ladilar.

– ovozga qo’yilgan masala bo’yicha aksiyadorlar umumiy yig’ilishining qarori, jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egalari bo’lgan, yig’ilishda ishtirok etayotgan aksiyadorlarning ko’pchilik (oddiy ko’pchilik) ovozi bilan qabul qilinadi.

– qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish yakunlari qabul qilingan sanadan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay aksiyadorlar e’tiboriga etkaziladi.

8.9. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazish to’g’risidagi xabar aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanadan kamida etti kundan kechiktirmay, lekin uzog’i bilan o’ttiz kun oldin jamiyatning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi.

8.10. Kun tartibiga takliflar kiritish. Jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo’lib kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) jamiyatning moliya yili tugaganidan keyin o’ttiz kundan kechiktirmay, aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi kun tartibiga foydani taqsimlash, boshqaruv va nazorat organi jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiligiga) (umumiy yig’ilish o’tkazilgunga qadar almashtirish imkoniyati bilan) bu organning miqdor tarkibidan oshmaydigan tarzda nomzodlar ko’rsatishga haqli.

8.11. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rilayotganda jamiyatning kuzatuv kengashi, qonunning 65-moddasining o’n birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda esa, umumiy yig’ilishni chaqiruvchi shaxslar quyidagilarni belgilaydi:

– umumiy yig’ilish o’tkaziladigan sana, vaqt va joyni;

– umumiy yig’ilishning kun tartibini;

– umumiy yig’ilish o’tkazish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sanani;

– umumiy yig’ilish o’tkazilishi haqida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar qilish tartibini;

– umumiy yig’ilishni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rilayotganda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etiladigan axborot (materiallar) ro’yxatini;

– ovoz berish byulletenining shakli va matnini.

8.12. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sana uni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o’n kundan kam va o’ttiz kundan ko’p etib belgilanishi mumkin emas.

8.13.Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi jamiyat kuzatuv Kengashining qaroriga ko’ra uning o’z tashabbusi asosida, taftish komissiyasining (taftishchining) yozma talabi, shuningdek yozma talab taqdim etilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) yozma talabi asosida o’tkaziladi.

8.14. Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) yozma talabiga ko’ra aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini chaqirish aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazish haqida yozma talab taqdim etilgan kundan e’tiboran o’ttiz kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan amalga oshiriladi.

8.15. Sanoq komissiyasi. Ovozlarni sanab chiqish, aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etishi uchun aksiyadorlarni ro’yxatga olish, shuningdek ovoz berish byulletenlarini tarqatish uchun jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan sanoq komissiyasi tuzilib, uning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanadi.

8.16. Sanoq komissiyasining tarkibi kamida uch kishidan iborat bo’lishi kerak. Sanoq komissiyasi tarkibiga jamiyat kuzatuv Kengashining a’zolari, taftish komissiyasining a’zolari (taftishchisi), jamiyat direktori, jamiyat boshqaruvi a’zolari, ishonchli boshqaruvchi, shuningdek ana shu lavozimlarga nomzodi ko’rsatilgan shaxslar kirishi mumkin emas. Sanoq komissiyasi aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida kvorum bor yoki yo’qligini aniqlaydi.

8.17. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador tomonidan shaxsan yoki uning vakili orqali amalga oshiriladi.

8.18. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining kvorumi. Agar aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami ellik foizidan ko’proq ovoziga ega bo’lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi vakolatli (kvorumga ega) bo’ladi.

8.19. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun kvorum bo’lmasa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yig’ilishini o’tkazish sanasi e’lon qilinadi. Aksiyadorlarning takroriy umumiy yig’ilishini o’tkazishda kun tartibini o’zgartirishga yo’l qo’yilmaydi.

8.20. Agar aksiyadorlarning o’tkazilmay qolgan yig’ilishi o’rniga chaqirilgan takroriy umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami qirq foizidan ko’proq ovoziga ega bo’lgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, aksiyadorlarning takroriy umumiy yig’ilishi vakolatli bo’ladi.

8.21. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ovoz berish, «jamiyatning ovoz beruvchi bitta aksiyasi — bitta ovoz» printsipi bo’yicha amalga oshiriladi, jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolarini saylash bo’yicha kumulyativ ovoz berishni o’tkazish hollari bundan mustasno.

8.22. Ovoz berish byulleteni. Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida kun tartibi masalalari bo’yicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladi.

8.23. Ovoz berilganida ovozlarni sanab chiqish. Ovoz berilganida ovoz beruvchi qaysi masala bo’yicha ehtimol tutilgan ovoz berish variantlaridan faqat bittasini qoldirgan bo’lsa, o’sha masala bo’yicha berilgan ovozlar hisobga olinadi. Mazkur talabni buzgan holda to’ldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb topiladi va ulardagi masalalar bo’yicha berilgan ovozlar hisobga olinmaydi.

8.24. Ovoz berish yakunlari to’g’risidagi bayonnoma. Ovoz berish yakunlari bo’yicha sanoq komissiyasi ovoz berish yakunlari to’g’risida bayonnoma tuzadi, bayonnoma jumladan aksiyadorlar umumiy yig’ilishining kvorumi mavjudligi to’g’risidagi ma’lumotlarni ham o’z ichiga oladi va sanoq komissiyasining a’zolari tomonidan imzolanadi. Ovoz berish yakunlari to’g’risida bayonnoma tuzilganidan va aksiyadorlar umumiy yig’ilishining bayonnomasi imzolanganidan keyin ovoz berish byulletenlari sanoq komissiyasi tomonidan muhrlanadi hamda saqlab qo’yish uchun jamiyatning arxiviga topshiriladi.

8.25. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining bayonnomasi. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining bayonnomasi aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi yopilganidan keyin o’n kundan kechiktirmay ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa ham umumiy yig’ilishda raislik qiluvchi va umumiy yig’ilish kotibi tomonidan imzolanadi.

IX. JAMIYAT KUZATUV KENGASHI VA UNING VAKOLATLARI

9.1. Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

9.2. Aksiyadorlar umumiy yig’ilishining qaroriga ko’ra jamiyat kuzatuv Kengashining a’zolariga ular o’z vazifalarini bajarib turgan davr uchun haq to’lanishi va (yoki) kuzatuv Kengashining a’zosi vazifalarini bajarish bilan bog’liq xarajatlarining o’rni qoplanishi mumkin. Bunday haq va to’lovlarning miqdorlari aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarorida belgilanadi.

9.3.  Jamiyat kuzatuv Kengashining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi:

– jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida jamiyat ijroiya organining hisobotini muntazam ravishda eshitib borgan holda jamiyat faoliyatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash;

– aksiyadorlarning yillik va navbatdan tashqari umumiy yig’ilishlarini chaqirish;

– aksiyadorlar umumiy yig’ilishining kun tartibini tayyorlash;

– aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilash;

– aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi o’tkazilishi haqida xabar qilish uchun jamiyat aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasini belgilash;

– mol-mulkning bozor qiymatini belgilashni tashkil etish;

– korporativ maslahatchini tayinlash va uning faoliyati tartibini belgilovchi nizomni tasdiqlash, agar jamiyat ustavida bunday lavozimni joriy etish nazarda tutilgan bo’lsa;

– ichki audit xizmatini tashkil etish va uning xodimlarini tayinlash, shuningdek har chorakda uning hisobotlarini eshitib borish;

– jamiyat ijroiya organining faoliyatiga daxldor har qanday hujjatlardan erkin foydalanish va jamiyat kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun bu hujjatlarni ijroiya organidan olish. Jamiyat kuzatuv kengashi va uning a’zolari olingan hujjatlardan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi mumkin;

– auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to’lanadigan Haqning eng ko’p miqdorini belgilash haqida qaror qabul qilish;

– jamiyatning taftish komissiyasi a’zolariga (taftishchisiga) to’lanadigan haq va kompensasiyalarning miqdorlari yuzasidan tavsiyalar berish;

– dividend miqdori, uni to’lash shakli va tartibi yuzasidan tavsiyalar berish;

– jamiyatning zaxira fondidan va boshqa fondlaridan foydalanish;

– jamiyatning filiallarini tashkil etish va vakolatxonalarini ochish;

– jamiyatning sho»ba va tobe xo’jalik jamiyatlarini tashkil etish;

– qonunning 8 va 9-boblarida (yirik bitim va affillangan shaxslar bilan tuziladigan bitim) nazarda tutilgan hollarda bitimlar tuzish haqida qaror qabul qilish;

– jamiyatning tijorat va notijorat tashkilotlardagi ishtiroki bilan bog’liq bitimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzish;

– jamiyatning korporativ obligasiyalarini qaytarib sotib olish to’g’risida qaror qabul qilish.

– jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko’paytirish masalalarini, shuningdek jamiyat ustaviga jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko’paytirish bilan bog’liq o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi masalalarni hal hilish;

– qonunning 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog’ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;

– jamiyat tomonidan korporativ obligasiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligasiyalar chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish;

– qimmatli qog’ozlarning hosilalarini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish;

– jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi rahbari (Bosh direktor) bilan shartnoma tuzish, u bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish, Bosh direktor vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish;

– jamiyat kuzatuv Kengashining qaroriga ko’ra jamiyat Bosh direktorini tayinlash, qoida tariqasida, chet ellik menejerlar ishtirok etishi mumkin bo’lgan tanlov bo’yicha saralash asosida amalga oshirilishi mumkin;

– ijroiya organiga to’lanadigan haq va kompensasiyalarning miqdorlarini belgilash;

– jamiyatning korporativ obligasiyalarini qaytarib sotib olish to’g’risida qaror qabul qilish;

– jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash.

9.4. Jamiyat kuzatuv Kengashining vakolat doirasiga qonun va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni hal etish ham kiritilishi mumkin.

9.5. Jamiyat kuzatuv Kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar hal qilish uchun jamiyatning ijroiya organiga o’tkazilishi mumkin emas.

9.6. Jamiyat kuzatuv Kengashining a’zolarini saylash. Jamiyat kuzatuv Kengashining a’zolari qonunda va mazkur ustavda nazarda tutilgan tartibda aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan bir yil muddatga saylanadi.

9.7. Jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga saylangan shaxslar cheklanmagan tarzda qayta saylanishi mumkin.

9.8. Jamiyat boshqaruvi a’zolari va direktori jamiyatning kuzatuv Kengashiga saylanishi mumkin emas.

9.9. Ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo’yicha ishlayotgan shaxslar jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi bo’lishi mumkin emas.

9.10. Jamiyat kuzatuv kengashi 9 a’zodan tarkib topadi.

9.11. Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zolari saylovi kumulyativ ovoz berish orqali amalga oshiriladi. Eng ko’p ovoz to’plagan nomzodlar jamiyat kuzatuv Kengashining tarkibiga saylangan deb hisoblanadi.

9.12. Jamiyat kuzatuv Kengashining raisi, kuzatuv kengashi a’zolarining umumiy soniga nisbatan ko’pchilik ovoz bilan, ushbu kengash tarkibidan kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan saylanadi.

9.13. Jamiyat kuzatuv Kengashining raisi bo’lmagan taqdirda uning vazifasini kuzatuv Kengashining a’zolaridan biri amalga oshiradi.

9.14. Jamiyat kuzatuv Kengashining Majlisi, kuzatuv Kengashining raisi tomonidan uning o’z tashabbusiga ko’ra, jamiyat kuzatuv kengashi, taftish komissiyasi (taftishchisining), ijroiya organi a’zosining talabiga ko’ra chaqiriladi. Jamiyatning 1 foizdan kam bo’lmagan oddiy aksiyalari egalari Kuzatuv kengashi majlisini chaqirishni talab qilish va kun tartibi yuzasidan taklif kiritish huquqiga ega.

9.15. Jamiyat kuzatuv Kengashining majlisini o’tkazish uchun kvorum jamiyat kuzatuv Kengashiga saylangan a’zolarning etmish besh foizidan kam bo’lmasligi kerak.

9.16. Jamiyat kuzatuv kengashi Majlisining bayonnomasi majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan imzolanadi, ular Majlis bayonnomasi to’g’ri rasmiylashtirilishi uchun javobgar bo’ladi.

9.17. Kuzatuv kengashi o’z faoliyatini amaldagi Qonunchilik va ushbu ustav xamda jamiyat aksiyadorlar umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan jamiyat kuzatuv kengashi haqidagi nizomlar asosida olib boradi.

X. JAMIYAT IJROIYA ORGANI

10.1. Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyat Bosh direktori tomonidan amalga oshiriladi.

10.2. Jamiyat Bosh direktori lavozimiga ishga qabul qilish, vazifasidan ozod etish, ish haqi va mukofot puli miqdorlarini belgilash, qo’shimcha haqlarni to’lash, intizomiy jazo choralarini qo’llash va ularni bekor qilish masalalari jamiyat kuzatuv kengashi qarorlariga asosan amalga oshiriladi.

10.3. Jamiyat ijroiya organining vakolatiga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yig’ilishining yoki jamiyat kuzatuv Kengashining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar bundan mustasno.

10.4. Jamiyatning ijroiya organi aksiyadorlar umumiy yig’ilishining va jamiyat kuzatuv Kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi.

10.5. Jamiyatning Bosh direktori jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, jamiyat nomidan bitimlar tuzadi, jamiyatning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlaydi, Shtatlarni tasdiqlaydi, jamiyatning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi.

10.6. Jamiyat Bosh direktorining huquq va majburiyatlari tegishincha amaldagi qonun xujjatlari va mazkur jamiyat ustavida hamda ularning har biri jamiyat bilan bir yil muddatga tuzadigan shartnomada belgilanib, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni bekor qilish mumkinligi to’g’risida har yili qaror qabul qilinadi. Shartnoma jamiyat nomidan jamiyat kuzatuv Kengashining raisi yoki kuzatuv kengashi vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Jamiyatning Bosh direktori bilan tuziladigan shartnomada ularning jamiyat faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha majburiyatlari hamda jamiyatning yillik biznes-rejasini bajarish qanday borayotganligi yuzasidan aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi va jamiyat kuzatuv kengashi oldida beradigan hisobotlarining davriyligi nazarda tutilishi kerak.

10.7. Jamiyatning Bosh direktoriga to’lanadigan haq miqdori, to’lash shartlari jamiyat faoliyatining samaradorligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi va shartnomada belgilangan bo’ladi.

XI. JAMIYATNING MINORITAR AKSIYADORLARI QO’MITASI

11.1. Minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan minoritar aksiyadorlarning qo’mitasi tashkil etilishi mumkin.

11.2. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasining tarkibiga nomzodlar bo’yicha takliflar jamiyatga jamiyat kuzatuv Kengashiga nomzodlar bo’yicha takliflar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda kiritiladi.

11.3. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasining a’zolarini saylashda aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida hozir bo’lgan va jamiyat kuzatuv Kengashiga nomzodlar ko’rsatmagan yoxud aksiyadorlarning o’tkazilayotgan umumiy yig’ilishida kuzatuv Kengashiga nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi.

11.4. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasining tarkibiga jamiyatning Bosh direktori, boshqaruv a’zolari, shuningdek jamiyatning kuzatuv Kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchisi etib) saylangan shaxslar kirishi mumkin emas.

11.5. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasining vakolatiga quyidagilar kiradi:

aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi yoki jamiyatning kuzatuv kengashi ko’rib chiqishi uchun kiritilayotgan yirik bitimlar va affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzishga oid masalalar bo’yicha takliflar tayyorlashda ishtirok etish;

minoritar aksiyadorlarning o’z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bog’liq murojaatlarini ko’rib chiqish;

qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organiga minoritar aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to’g’risida murojaatlar kiritish;

qonun hujjatlariga va jamiyat ustaviga muvofiq boshqa masalalarni ko’rib chiqish.

11.6. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasining qarorlari oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasining majlislari uning miqdor tarkibiga saylangan shaxslarning kamida to’rtdan uch qismi hozir bo’lganda vakolatlidir. Aksiyadorlar, shu jumladan, minoritar aksiyadorlar ovoz berishda birgalikdagi pozisiyasini shakllantirish uchun aksiyadorlik bitimini tuzishi mumkin.

11.7. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasi a’zolarining soni 7ta qilib belgilangan.

11.8. Minoritar aksiyadorlarning qo’mitasi qabul qilingan qarorlar to’g’risida har yili aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida hisobot beradi.

11.9. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasining raisi ushbu qo’mita tarkibidan minoritar aksiyadorlar qo’mitasining a’zolari tomonidan ko’pchilik ovoz bilan saylanadi.

11.10. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasining raisi minoritar aksiyadorlar qo’mitasining vakolat doirasiga kiritilgan barcha masalalar bo’yicha jamiyatning hujjatlaridan foydalanish huquqiga ega.

11.11. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasining faoliyat ko’rsatish tartibi qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.

11.12. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasi jamiyatning xo’jalik faoliyatiga aralashishga haqli emas.

11.13. Minoritar aksiyadorlar qo’mitasining faoliyatiga jamiyat kuzatuv Kengashining yoki ijroiya organining aralashuviga yo’l qo’yilmaydi.

 

XІІ. JAMIYAT TOMONIDAN YIRIK BITIMLAR TUZISH

12.1. Jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki uni boshqa shaxsga berish yoxud mol-mulkni boshqa shaxsga berish ehtimoli bilan bog’liq bitim (shu jumladan qarz, kredit, garov, kafillik) yoki o’zaro bog’langan bir nechta bitim, agar boshqa shaxsga berilayotgan mol-mulkning yoki olinayotgan mol-mulkning balans qiymati bunday bitimlarni tuzish to’g’risidagi qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining o’n besh foizidan ortig’ini tashkil etsa, yirik bitim deb hisoblanadi, kundalik xo’jalik faoliyatini yuritish jarayonida tuziladigan bitimlar hamda aksiyalarni va boshqa qimmatli qog’ozlarni joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan bitimlar bundan mustasno.

12.2. Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to’g’risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining o’n besh foizidan ellik foizigachasini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to’g’risidagi qaror jamiyat kuzatuv Kengashining a’zolari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi, bunda kuzatuv kengashidan chiqib ketgan a’zolarning ovozi inobatga olinmaydi.

12.3. Yirik bitim tuzish masalasi bo’yicha jamiyat kuzatuv Kengashining yakdilligiga erishilmagan taqdirda yirik bitim tuzish to’g’risidagi masala kuzatuv Kengashining qaroriga ko’ra aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi hal qilishi uchun olib chiqilishi mumkin.

12.4. Balans qiymati yoki olish qiymati bitim tuzish to’g’risida qaror qabul qilinayotgan sanada jamiyat sof aktivlari miqdorining ellik foizidan ortig’ini tashkil etuvchi mol-mulk xususida yirik bitim tuzish to’g’risidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi.

12.5. Yirik bitim jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi yoki kuzatuv kengashi ushbu bitim bo’yicha qaror qabul qilganidan keyin jamiyatning ijroiya organi tomonidan amalga oshiriladi.

 

XIII. JAMIYATNING AFFILLANGAN SHAXSLARI BILAN BITIMLAR TUZISH

13.1. Jamiyat bitim tuzishidan manfaatdor shaxslar mazkur jamiyatga nisbatan affillangan shaxslar deb e’tirof etiladi.

13.2. +uyidagilar jamiyatning affillangan shaxslari deb e’tirof etiladi:

1) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga egalik qiluvchi yuridik shaxs;

2) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aksiyalariga yaqin qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shaxs;

3) ushbu jamiyat kuzatuv Kengashining a’zosi, jamiyat bosh direktorining yoxud jamiyat boshqaruvi a’zosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs;

4) ushbu jamiyat qaysi yuridik shaxs ustav kapitalining yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, o’sha yuridik shaxs;

5) ushbu jamiyat ustav kapitalining yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qiluvchi ayni bir shaxs qaysi yuridik shaxs ustav kapitalining yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, o’sha yuridik shaxs;

6) ushbu jamiyat kuzatuv Kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi ayni bir shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv Kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, o’sha yuridik shaxs;

7) ushbu jamiyatning bosh direktori yoxud boshqaruv a’zosi bo’lgan ayni bir shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ijroiya organining rahbari vazifasini amalga oshirayotgan bo’lsa, o’sha yuridik shaxs;

8) yaqin qarindoshlari bilan birgalikda ushbu jamiyat kuzatuv Kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi shaxs qaysi yuridik shaxs rahbarining yoki ijroiya organi a’zosining vazifasini amalga oshirayotgan bo’lsa, o’sha yuridik shaxs;

13.3. +uyidagilar jamiyatning affillangan shaxsi bo’lgan aksiyador — jismoniy shaxsning affillangan shaxslari deb e’tirof etiladi:

1) ushbu jismoniy shaxs va uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ustav kapitalining yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, o’sha yuridik shaxs;

2) ushbu aksiyador yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv Kengashining a’zosi bo’lsa, o’sha yuridik shaxs;

3) ushbu aksiyador yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxsda ijroiya organining a’zosi vakolatlarini amalga oshirayotgan bo’lsa, o’sha yuridik shaxs.

13.4. Jamiyatning affillangan shaxsi bilan tuziladigan bitim to’g’risidagi, tuzilishi kutilayotgan bitim tarafining yozma bildirishida ko’rsatiladigan axborot jamiyatning ijroiya organi va ichki audit xizmati tomonidan o’rganiladi. Jamiyatning ijroiya organi tomonidan o’rganish yozma bildirish olinganidan keyin uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.

13.5. Jamiyatning kuzatuv kengashi affillangan shaxs bilan tuziladigan bitim to’g’risidagi axborotni o’rganadi va affillangan shaxsning yozma bildirishi jamiyatga kelib tushgan sanadan e’tiboran o’n besh kundan kechiktirmay bitim bo’yicha qaror qabul qiladi.

13.6. Agar jamiyat kuzatuv Kengashining ikki va undan ortiq a’zosi affillangan shaxs bo’lsa, bitim bo’yicha qaror ushbu qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda aksiyadorlarning umumiy yiqilishi tomonidan qabul qilinadi.

13.7. Jamiyatning affillangan shaxsi jamiyatning kuzatuv kengashi yoki aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi mazkur bitim yuzasidan qaror qabul qilayotganda muhokamada ishtirok etishga haqli emas va ovoz berish huquqiga ega emas.

13.8. Affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimni ma’qullash haqidagi qaror majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan yoxud aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etayotgan aksiyadorlarning malakali ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

13.9. Affillangan shaxs bilan tuzilgan qaysi bitim natijasida jamiyatga zarar etkazilgan bo’lsa yoxud ushbu bitim tuzilganligi oqibatida kelgusida zarar etkazilishi mumkin bo’lsa, aksiyador o’sha bitimni haqiqiy emas deb topish yuzasidan bevosita yoxud aksiyador nomidan da’vogar bo’lib chiqishga haqli bo’lgan vakolatli davlat organlari orqali sudga murojaat qilishga haqli.

13.10. Affillangan shaxs bilan bitimlar tuzishdagi istisnolar

13.11. Yuqoridagi qoidalar quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

tuzilishidan jamiyatning barcha aksiyadorlari manfaatdor bo’lgan bitimlarga;

jamiyatning ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlari uchun tuziladigan bitimlarga, agar qonun hujjatlariga ko’ra realizasiya qilishning maxsus tartibi belgilanadigan monopol mahsulot, moddiy-texnika resurslarining strategik turlari bitim predmeti bo’lsa;

birja va kimoshdi savdolari orqali tuziladigan bitimlarga, agar jamiyatning ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan xom ashyo va materiallar, shuningdek jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan tayyor mahsulot bitim predmeti bo’lsa;

jamiyat joylashtirilgan aksiyalarni olganda;

jamiyatni qayta tashkil etishga doir tartib-taomillarni amalga oshirishda;

aksiyalarni aksiyadorlar o’rtasida joylashtirishda;

qimmatli qog’ozlarni qimmatli qog’ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida realizasiya qilishda.

 

XIV. JAMIYATNING BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY HISOBOTI

14.1. Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobot taqdim etishi shart.

14.2. Jamiyatda buxgalteriya hisobining tashkil etilishi, holati va ishonchliligi, tegishli organlarga har yilgi hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlar, shuningdek jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida aksiyadorlarga, kreditorlarga taqdim etiladigan jamiyat faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar o’z vaqtida taqdim etilishi uchun javobgarlik jamiyat ijroiya organining zimmasida bo’ladi.

14.3. Jamiyatning moliyaviy hisobotida ko’rsatilgan va aksiyadorlarning umumiy yig’ilishiga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotdagi, buxgalteriya balansidagi, foyda va zararlar hisobvarag’idagi ma’lumotlarning ishonchliligi mulkiy manfaatlari jamiyat yoki uning aksiyadorlari bilan bog’liq bo’lmagan auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan bo’lishi kerak.

14.4. Jamiyatning yillik hisoboti aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanadan o’n kundan kechiktirmay jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan dastlabki tarzda tasdiqlanishi lozim;

14.5. Jamiyat xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq tuzilgan yillik moliyaviy hisobotni u xalqaro audit standartlariga muvofiq tashqi auditdan o’tkazilganidan keyin, aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin e’lon qilishi shart.

 

XV. JAMIYAT TAFTISH KOMISSIYASI VA KORPORATIV MASLAXATCHISI

15.1. Taftish komissiyasi (taftishchi). Jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan bir yil muddatga taftish komissiyasi (taftishchi) saylanadi.

15.2. Jamiyat taftishchisiga yoki taftish komissiyasi a’zolariga doir malaka talablari aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan belgilanadi. Ayni bir shaxs ayni bir jamiyatning taftish komissiyasi tarkibiga (taftishchilikka) ketma-ket uch martadan ortiq saylanishi mumkin emas.

15.3. Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) vakolat doirasi qonun va mazkur ustav bilan belgilanadi.

15.4. Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) faoliyat ko’rsatish tartibi aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomda belgilanadi.

15.5. Jamiyat taftish komissiyasining (taftishchisining) yozma talabiga ko’ra jamiyat ijroiya organida mansabni egallab turgan shaxslar jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyati to’g’risidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga (taftishchiga) taqdim etishi shart.

15.6. Jamiyat taftishchisi yoki taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o’zida jamiyat kuzatuv Kengashining a’zosi bo’lishi, shuningdek ayni shu jamiyatda mehnat shartnomasi (kontrakt) bo’yicha ishlashi mumkin emas.

15.7. Jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish taftish komissiyasining (taftishchining), aksiyadorlar umumiy yig’ilishining, jamiyat kuzatuv Kengashining tashabbusiga ko’ra yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko’ra jamiyat kuzatuv kengashini oldindan xabardor qilish yo’li bilan bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo’yicha amalga oshiriladi.

15.8. Jamiyatda O’zbekiston Respublikasining amaldagi korporativ qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uchun korporativ maslahatchisi lavozimi joriy etilishi mumkin.

 

XVI. JAMIYATNI QAYTA TASHKIL ETISH, TUGATISH VA BOSHQA XOLATLAR

16.1. Jamiyatni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy yig’ilishining qaroriga ko’ra qo’shib yuborish, qo’shib olish, bo’lish, ajratib chiqarish va o’zgartirish shaklida amalga oshiriladi.

16.2. Jamiyatning tugatilishi O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

16.3. Mazkur ustavda belgilanmagan masalalar O’zbekiston Respublikasining «aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi yangi tahrirdagi +onuni talablari asosida amalga oshiriladi.

«O’zvagonta’mir» AJning yangi taxrirdagi ustavini yuklab olish