• Toshkent sh., 100060, Amir Temur shoh ko‘chasi 4-uy
Close

“Temir yo‘l transporti to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida O‘zbekiston Respublikasining “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonuni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

 “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida” yangi tahrirdagi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-son qaroriga muvofiq tayyorlangan.

Qonun loyihasining asosiy g‘oyasi temir yo‘l tarmog‘ini rivojlantirish uchun tegishli huquqiy muhit yaratish, temir yo‘l transportini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, davlat va fuqarolarning temir yo‘l transportida yo‘lovchi va yuklarni xavfsiz tashishga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishdan iborat.

Qonun loyihasining maqsadi temir yo‘l transporti sohasidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoit yaratish, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, temir yo‘l transporti va xalqaro tashuvlar sohasida xalqaro hamkorlikni takomillashtirish, Qonunni amaldagi milliy va xalqaro qonunchilik hujjatlarining normalari talablariga muvofiqlashtirish, bo‘shliqlar va kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.

Manba: mintrans.uz

610

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!