Close

Transport logistika sohasida Ozarbayjon bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilab olindi

Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov boshchiligidagi Ishchi guruhning 13–15 – fevral kunlari Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi davomida qator uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xususan, Ozarbayjon Respublikasining Raqamli rivojlanish va transport vaziri o‘rinbasari Raxman Gummatov hamda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov hamraisligida ikki mamlakat o‘rtasida transport va tranzit yuk tashuvlari masalalari bo‘yicha Qo‘shma ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Transkaspiy xalqaro transport koridori hamda 6 davlat (Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston) temir yo‘l tuzilmalari ishtirokida tashkil etilgan CASCA+ multimodal transport yo‘lagi orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish, shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, tashuv jarayonlarida qulay sharoitni yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Tomonlar muhokama etilgan masalalar bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatni davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, tashrif davomida Ozarbayjonning yer usti transporti qo‘mitasi, “Ozarbayjon temir yo‘li” YoAJ, “Baku xalqaro dengiz savdo porti” YoAJ, “Ozarbayjon Kaspiy dengiz kemachiligi” kompaniyasi hamda Baku kemasozlik zavodi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonning eksport va import yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Yevropa va Amerika qit’asi davlatlariga tashuvlarini uzluksiz tashkil etish, yuk tashuvlar xarajatini va muddatini qisqartirish, tarif imtiyozlarni kengaytirish, port infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda logistika zanjirini yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Tomonlar uchrashuvlarda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalarni belgilab oldi.

Maqnba: mintrans.uz

532

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!