Close

Transport va logistika sohasidagi dolzarb masalalar muhokama etildi

Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va tashqi savdo hajmini oshirishda xalqaro bozorlarga chiqish uchun logistika muammolarini muvaffaqiyatli hal etish muhim omil sanaladi.

Ayniqsa, bugungi sharoitda eksport va import yuklarining uzluksiz logistikasini tashkil etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayni shu jihatlarni inobatga olgan holda joriy yilning 21-sentabr kuni Transport vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev rahbarligida transport va logistika sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Transport vazirligi rahbariyati, “Uzbekistan airways” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, O‘zbekiston Xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi (AIRCUZ) mutasaddilari mamlakatimizning transport-ekspeditorlik kompaniyalari, yirik ishlab chiqaruvchilar va eksportyor korxonalar vakilllari bilan ular faoliyatida yuzaga kelayotgan transport-logistikasi sohasidagi muammolar va ularni hal etish bilan bog‘liq masalalarini muhokama etishdi.

Ochiq muloqot tarzda tashkil etilgan uchrashuvda eksport-import operatsiyalarini bajarishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning amaliy yechimi, xususan, eksport mahsulotlarini xalqaro bozorlarga olib chiqishda aviatashuvchilar, temir yo‘l va avtomobil transporti kompaniyalari oldida turgan muammolarga oid masala va takliflar har tomonlama ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, uchrashuvda transport-logistika sohasida vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar hamda muqobil transport koridorlaridan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Uchrashuv ishtirokchilaridan olingan savol va takliflar tahlili yakunlari bo‘yicha mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan eksportga yetkazib berish barqarorligini ta’minlash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish uchun tegishli vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat ishchi guruhini shakllantirish topshirildi.

Manba: mintrans.uz

1 339

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!