Korrupsiyaga qarshi nazorat tizimi mutaxassisi

Ish tavsifi:
- Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini takomillashtirish;
- Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish;
- Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini samarali ishlashini ta’minlash;
- Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish;

Vazifalari:
a) Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish ishlarida ishtirok etish sohasida:
- Jamiyat tomonidan o‘xshash huquqbuzarliklar sodir etilishi ehtimolini baholash maqsadida davlat hokimiyatining boshqa organlarida korrupsiyaviy xuquqbuzarliklar sodir etilishining holati va yo‘nalishlari haqida ma’lumot to‘playdi;
- Mahsus aloqa kanallari orqali Jamiyat hodimlari tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlarni tahlil qiladi;
- Korrupsiya faktlari haqida xabar berishga mo‘ljallangan Agentlik rasmiy veb-saytining faoliyat natijalarini tahlil qiladi va tahliliy materiallarni Jamiyat xodimlariga yetkazadi;
b) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish sohasida:
- Jamiyat tizimi xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
- qonunchilik hujjatlari bilan Jamiyat zimmasiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarga muvofiq xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan zarurat to‘g‘ilganda muzokara olib boradi va ishtirok etadi;
- Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish yuzasidan xorijiy mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Shu bilan birga - Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining tasdiqlangan ish rejasiga asosan boshqarma faoliyatining yillik hisobotlarini tayyorlash, bo‘limlar mutaxassislari bilan yillik ish rejasini ishlab chiqish va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash ishlarida ishtirok etish;
- Jamiyat bo‘linmalari tomonidan ijtimoiy rivojlanish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda hamda belgilangan hisobotlarni tayyorlashda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarida ishtirok etish;
- Boshqarmaga kelib tushgan shikoyat, murojaat, taklif va ko‘rsatmalarni tahlil qilish
va ular bo‘yicha javob va tushuntirishlarni tayyorlash ishlarida ishtirok etish;
- Shaxsiy malakasini oshirish ustida ishlash;
- Axborot manbalari (internet)dan oqilona foydalanish;
- Jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlarda belgilan vazifalarni bajarish;
- Jamiyatda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish ishlarida ishtirok etish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikni olib borish;

Ma’lumotiga qo‘yiladigan talablar:
Ma’lumot darajasi – oliy muhandis-texnik, oliy muhandis-iqtisodiy ta’lim, oliy auditor ta’lim.
Falsafa doktori (Ph.D. ingl. Doctor of Philosophy), fan doktori (Sc.D., D.Sc., S.D. or Dr.Sc.) darajasi, magistrlik diplomi hamda halqaro buxgalterlik va auditorlik malaka sertifikatiga ega bo‘lish mavjudligi qo‘llab-quvvatlanadi va albatta suhbatda inobatga olinadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bilimga ega bo‘lgan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish qobilyatiga ega bo‘lish;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud milliy qonunchilik, xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlardan xabardor bo‘lish;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyati bilan tanish bo‘lishi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini va “komplaens-nazorat” tizimini tartibga solishga qaratilgan milliy qonun hujjatlari hamda ushbu sohadagi xalqaro standartlar (Foreign Corrupt Practices Act, Sarbanes-Oxley Act, Dodd-Frank Act, “UK Bribery Act” va boshqa) yuzasidan nazariy-amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish.

Ish tajribasiga talablar:
Transport korxonalarida nomzodga qo‘yiladigan ma’lumot talablariga muvofiq kamida 5 yillik ish tajribasi, shu jumladan yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, axborot-kommunikatsiya texnologilari, menedjmentlik va zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa sohalar bo‘yicha kamida 5 yil ish tajribasiga ega bo‘lgan yuqori malakali, proffesional bilimga ega lavozimlarda.

Ish haqi shartlari:
Ish haqi suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadi.

Ariza berish tartibi:
Ariza berish uchun Nomzodlar rezyumeni (SV) davlat tilida yoki rus tilida “O‘zvagonta’mir” AJ Bosh direktori Atadjanov Shamurat Xangeldiyevich nomiga uzvagontamir@mail.ru elektron pochta manziliga 2025-yil 25 iyulgacha taqdim etishlari lozim.
Arizalarni qabul qilish muddati tugagandan so‘ng Nomzodlarning hujjatlari jamiyat boshqaruv organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Nomzodlarni ko‘rib chiqish chog‘ida suhbat o‘tkaziladi (yuzma-yuz yoki video konferensiya aloqa orqali).

Vakansiyalar haqida qo‘shimcha axborotni:
(+99895)324-98-03 telefon raqamlari orqali yoki uzvagontamir@mail.ru elektron pochta manzillari orqali olish mumkin.

Agar Siz Kompaniyamizda ishlash istagida bo’lsangiz, o’z rezyumeyingizni bizga yuborishingiz yoki nomzod anketasini saytimizdan o’zingizga yuklab olib, to’ldirib, so’ng faks yoki e-mail orqali bizga yuborishingiz mumkin.

 Anketani yuklab olish

Sizga mos bo’sh ish o’rni paydo bo’lishi bilan Kompaniyamizning Kadrlarni boshqarish bo’limi xodimlari Siz bilan aloqaga chiqadilar.