Quyidagilar jamiyatning affillangan shaxslari deb e’tirof etiladi:

 

1) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aktsiyalariga egalik qiluvchi yuridik shaxs;

2) ushbu jamiyatning yigirma foiz va undan ortiq foiz aktsiyalariga yaqin qarindoshlari bilan birgalikda egalik qiluvchi jismoniy shaxs;

3) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi, jamiyat direktorining yoxud jamiyat boshqaruvi a’zosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs;

4) ushbu jamiyat qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, o’sha yuridik shaxs;

5) ushbu jamiyatning sho»ba xo’jalik jamiyati bo’lgan yoki ushbu jamiyat qaysi jamiyatning sho’ba xo’jalik jamiyati bo’lsa, o’sha jamiyatning sho»ba xo’jalik jamiyati bo’lgan yuridik shaxs;

6) ushbu jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qiluvchi ayni bir shaxs qaysi yuridik shaxs ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foizi va undan ortiq foiziga egalik qilsa, o’sha yuridik shaxs;

7) ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi ayni bir shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, o’sha yuridik shaxs;

8) ushbu jamiyatning direktori yoxud boshqaruv a’zosi bo’lgan ayni bir shaxs yoki uning yaqin qarindoshlari qaysi yuridik shaxs ijroiya organining rahbari vazifasini amalga oshirayotgan bo’lsa, o’sha yuridik shaxs;

9) yaqin qarindoshlari bilan birgalikda ushbu jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi shaxs qaysi yuridik shaxs rahbarining yoki ijroiya organi a’zosining vazifasini amalga oshirayotgan bo’lsa, o’sha yuridik shaxs;

10) ushbu jamiyat direktorining yoki boshqaruv a’zosining vakolatlarini amalga oshirayotgan shaxs yaqin qarindoshlari bilan birgalikda qaysi yuridik shaxs jamiyat kuzatuv kengashining kamida uchdan bir qismini tashkil etsa, o’sha yuridik shaxs;

11) ushbu jamiyat bilan bitta xo’jalik birlashmasiga kiruvchi yuridik shaxs.

 

«O’zvagonta’mir» AJning affillangan shaxslari ro’yxati.