Qadrli vatandoshlar!
Siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz.
Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. Asosiy Qonunimizning jonajon O’zbekistonimiz taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyatini yuksak qadrlaymiz.
Siz, aziz vatandoshlarimizni Konstitutsiya kuni bilan chin dildan qutlab, hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz.
79