“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tizimida 2024-yil yoshlargaoid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturining 29-bandi ijrosini taʼminlash, shuningdek, ishlab chiqarish sanoat korxonalarida yoshkadrlar kasb mahoratini oshirish, malakali mutaxassislarni ragʻbatlantirish, oʻzarotajriba almashish tizimini joriy etish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining N-376-sonli buyrug‘i asosida “Kasbim-faxrim” tanlovining yakuniy, Respublika bosqichi o‘tkazildi.
“Eng yaxshi defektoskopist” yo‘nalishi bo‘yicha
🥇1-o‘rin: Abduraximov Asadullo Ikromjon o‘g‘li – “O‘zvagonta’mir” AJ Andijon vagon deposi G‘ildirak sexi 3-malaka darajali defektoskopisti;
🏅2-o‘rin: Choriyev G‘iyos Ro‘zimurodovich – “Quyuv mexanika zavodi” AJ defektoskopisti;
🥉3-o‘rin: Xazratkulova Lobarxon Xakimjon qizi – “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” AJ Texnik nazorat bo‘limining defektoskopisti qo‘lga kiritdilar.