Close

AKSIYADORLAR DIQQATIGA

“O‘ZVAGONTA’MIR” aksiyadorlik jamiyati (keyingi o‘rinlarda-jamiyat) 2023 yilning 23 iyun kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li 3-tor ko‘chasi, 163 uyda joylashgan Jamiyat Markaziy apparati binosida jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Aksiyadorlarni habardor qilish uchun reestr shakllantirilgan sana – 01.06.2023y. Yig‘ilishda ishtirok etish uchun resstr shakllantirilgan sana – 20.06.2023y. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish vaqti: 16.00

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish 15.00 dan boshlanadi.

Yig‘ilish kun tartibi

  • Sanoq komissiyasi tarkibining soni va nomzodlarini tasdiqlash.
  • Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini tasdiqlash.
  • Jamiyat bosh direktorining jamiyat 2022 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari va biznes rejasining bajarilishi to‘g‘risida hisoboti to‘g‘risida.
  • Jamiyatning 2022 yil uchun yillik buxgalteriya balansini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
  • Jamiyatning 2022 yil uchun moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvi yakunlari bo‘yicha tashqi audit xulosasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
  • Jamiyatning 2022 yildagi faoliyati yakunlari yuzasidan taftish komissiyasi xulosasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
  • 2022 yilda jamiyat Kuzatuv kengashi olib borgan ishlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida.
  • Jamiyatning 2023 yil yakunlari bo‘yicha tashqi audit uchun auditorlik tashkilotini tanlash va uning xizmatlari uchun maksimal to‘lovni aniqlash to‘g‘risida.
  • Jamiyat Kuzatuv kengashi, taftish va sanoq komissiyasiga nomzodlar to‘g‘risida.
  • Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining 2022 yil yakunlari bo‘yicha jamiyatning sof foydasini taqsimlash to‘g‘risida.
  • Yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi – jamiyat bosh direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha uzaytirish to‘g‘risida.
  • Jamiyatning 2022 yildagi asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarining bajarilishini tasdiqlash to‘g‘risida.
  • Moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining 2022 yil yakunlari yuzasidan jamiyatda korporativ boshqaruv tizimini baholash natijalari bo‘yicha xulosasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
  • Jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash to‘g‘risida.
  • Aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda joriy xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida affillangan shaxslar bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan shartnomalar to‘g‘risida.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlardan shaxsni tasdiqlovchi xujjat, aksiyadorlar vakillaridan esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma talab etiladi.

Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar bilan “ O‘zvagonta‘mir ” AJ (manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, 3-Farg‘ona yo‘li tor ko‘chasi, 163 uy)da shanba va yakshanba kunlaridan tashqari xar kuni soat 9.00 dan 18.00 gacha tanishish mumkin. Telefon: (95) 143-98-03, Elektron pochta manzili: uzvagontamir@railway.uz; veb-sayt: www.uzvagontamir.uz

“O‘zvagonta‘mir” AJ Kuzatuv kengashi

 

627

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CALL ME
+
Call me!