Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning 3-majlisi doirasida 2022-2023 yillarda transport sohasida hamkorlik bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Maxkamov hamda Rossiya Federatsiyasi Transport vaziri V.Savelyev tomonidan imzolangan mazkur hujjatda tomonlar transport xavfsizligi sohasida davlatlarning qonunchiligida bo‘layotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida ikki tomonlama axborot almashinuvini tashkil etishga tayyorligini bildirdi.
Ushbu “Yo‘l xaritasi”da O‘zbekiston – Rossiya o‘rtasida konteyner/refrijerator yuk tashishlarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, transport sohasiga, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining raqamli intellektual transport tizimiga zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish hamda transport ta’limi sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari aks etgan.
Manba: mintrans.uz