Hizmatlar

“O’zvagonta’mir” AJ – bu yuk tashuvchi va yo’lovchilarni eltuvchi vagonlarning yuqori sifatli ta’mi’rini o’z oldiga maqsad qilgan mutaxassislar jamoasidir. Bizning jamiyat tarkibiga Havast (Havast VD), Andijon (Andijon VD), Qo’ng’irot (Qo’ng’irot VD), Termiz (Termiz VD) stansiyalarida joylashgan beshta vagon depolari kiradi. Ushbu stansiyalarda depo ta’miri, kapital ta’mir hamda yuk vagonlaridan samarali foydalanish muddatini uzaytiruvchi kapital ta’mir amalga oshiriladi. Shuningdek, TO-3 hajmida yo’lovchi tashish vagonlari ta’miri va depo ta’miri bajariladi.

BIZNING USTUVOR TARAFLARIMIZ:

1.   Respublikadagi temiryo’l harakatlanishining asosiy yo’nalishlari bo’yicha joylashgan beshta vagon deposi.

2.   Tajribali va sinovdan o’tkazilgan hodimlar.

3.   Moslashuvchan narxlar.

4.   Vagonlarning minimal soda ta’miri

2001-yilda tashkil topganidan buyon “O’zvagonta’mir” AJ vagonlarni ta’mirlash sohasida dadil faoliyat yuritib kelmoqda va hamkorlar oldidagi majburiyatlarni to’liq hajmda bajarmoqda! BIzning mijozlarimiz yuk va yo’lovchi tashish tarkibiy qismi operatorlari bian bir qatorda kichik korxonalar hamdir. Mijozlarimiz bazasining kengayishi Jamiyatimizning halol va sifatli mehnat qilayotganidan dalolat beradi.

AKSIYADORLIK JAMIYATI VAGON DEPOLARINING TA’MIRLASH BAZASI:

Vagon depolarining ta’mir bazasi, yuk tashuvchi va barcha turdagi vagonlarning ehtiyot qismlari va bog’lamalarini o’z vaqtida va sifatli ta’mirlash uchun zarur bo’lgan barcha asbob-uskunalarni o’z ichiga qamraydi.

Bizning depolarimiz ferrozondli, magnit-kukuknli, ultratovushli va uyurma tokli izdan chiqmas zamonaviy nazorat vositalari bilan ta’minlangan.

«UZVAGONTA’MIR» AJ QUYIDAGI XIZMATLARNI AMALGA OSHIRADI:

Juft g’ildiraklar ta’miri (tekshiruvdan o’tkazish).

Juft g’ildiraklar va quyma qismlar ta’miri yuqori malakali mutxassislar tomonidan, texnik-meyo’riy hujjaltlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Juft g’ildiraklar ta’miri (tekshiruvdan o’tkazish)bu o’rta darajadagi ta’mir (to’liq tekshiruvdan o’tkazish), joriy ta’mir (odatiy tekshiruvdan o’tkazish). Bunday ta’mirga quyidagi amallar kiradi: buksalarning to’liq yoki oraliq reviziyasi, buks bog’lamasi qismlari va podshipniklar ta’miri va tekshiruvi, juft g’ildiraklarninig harakatlanish profili bo’ylab charxi, buksalar korpusi ta’miri, juft gi’ldiraklar, rolikli podshipnik qismlari va buksa bog’lamasining boshqa detallarining ichki nuqsonlarini aniqlash maqsadida izdan chiqarmaydigan nazoratni amalga oshirish. Juft g’ildiraklarning uzoq muddatli xizmatini ta’minlash maqsadida, depoda juft g’ildiraklar qirralarini qayta tiklashni - ularning sirtini qoplash va chizmadagi o’lchamlargacha charxlash orqali bajarish imkoniyati mavjud.

Quyma detallar ta’miriga quyidagilar kiradi:

Sudralib yuruvchi qismlar detallari (yonbosh ramalar va ressor usti to’sinlar), avtotirkama moslamasining detallari (avtotirkagichlar, yutuvchi apparatlar, tortuvchi kuch xomutlari) ta’miri – bu ichki nuqsonlarni aniqlash, ta’mirlash va chizma o’lchamlarigacha qayta tiklash maqsadida yuk va yo’lovchi tashish vagonlari quyma detallarining izdan chiqarmaydigan nazoratini olib borishdir.

18-100 modelidagi sudralib yuruvchi qismlarning xizmat muddatini uzaytirish bo’yicha ish olib borish va ta’mirlash.

18-100 rusumidagi aravalar xizmat qilish muddatini uzaytirish, 30 yil ishlatib kelingan yonbosh ramalar va ressor usti to’sinlari bo’ylab amalga oshiriladi. Uzaytirish muddati rejadagi keyingi vagonlarni ta’mirlash ishlariga qadar o’rnatiladi va mazkur muddat amaldagi me’yoriy hujjatlar bilan aniqlanadi, biroq bu vaqt oralig’I 3 yildan oshmasligi kerak. 18-100 rusumidagi yaroqlilik muddati uzaytirilgan sudralib yuruvchi qism detallarining maksimal xizmat ko’rsatish muddati 37 yilni tashkil etadi. Vagonlarning ta’mirlash muddatlari aro masofani uzaytirish maqsadida, vagon depolarida 18-100 rusumidagi yuk vagonlarining sudralib yuruvchi qismlarini modernizatsiya qilish ishlari olib boriladi.

Xizmat qilish muddatini uzaytirish izdan chiqarmasdan nazorat qilish bo’yicha sertifikatisiyadan o’tgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi, ular 2 toifadagi Izdan chiqarmaslik nazoratiga egalar.

Yuk va yo’lovchi tashuvchi vagonlarini depoda ta’mirlash;

Vagonlarning depo ta’mir (DT) – vagonning soz holatini va resursini vagonning tarkibiy qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish orqali qayta tiklash maqsadida amalga oshiriluvchi ta’mir ishlari.

Depo ta’miri MDH ga a’zo mamlakatlarning ushbu davlatlar temiryo’l transporti Kengashi tomonidan tasdiqlangan texnik-me’yoriy hujjat talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Yo’lovchi tashuvchi vagonlarning depo ta’miri (DT) – vagon ta’mir ishlarining rejaviy turi hisoblanib, vagonlarning ishga yaroqliligini, tarkibiy qismlarni almashtirish yoki ta’mirlash orqali qayta tiklash shuningdek alohida bog’lamalarni modernizatsiya qilish maqsadidagi ta’mir ishlaridir.

TO-3 hajmidagi yo’lovchi vagonlarning joriy ta’mirini amalga oshirish;

Yuk vagonlarninng kapital tamiri;

Vagonlarning kapital tamiri (KR) vagonlar resursini vagonning bazaviy qismini hisobga olgan holda, ixtiyoriy qismlarini qayta tiklash yoki almashtirish orqali toliq qayta tiklash maqsadida vago sozligini qayta tiklash. Kapital tamir tamirning rejaviy turi hisoblanib, undagi ornatish ishlari texnik-meyoriy hujjat talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qo’shimcha xizmatlar:

Aksiyadorlik jamiyatining vagon depolarida mavjud anjom va uskunalar qoshimcha tarzda malakali duradgorlik, chilangarlik va payvandlash ximzatlarini korsatish imkoniyatini beradi.

DAROMAD KELTIRISH:                                          

“O’ZVAGONTA’MIR” Aksiyadorlik Jamiyatining ustav fondi 1.52 mln. AQSH dollarini tashkil qiladi.

2015 yil natijalariga ko’ra, “O’ZVAGONTA’MIR” AJ 2888 ta birlik miqdorida, yuk tashish vagonlarini depo ta’miridan chiqarish hajmini bajardi.

515 ta vagon kapital ta’mirdan o’tkazildi.

Sanoat korxonalarining vagonlarini ta’mirlash hajmi o’tgan yilga nisbatan salmoqli o’sdi, ushbu ko’rsatkich 847 vagondan 985 taga yetdi, shu qatorda 395 ta XMUVKT (Xizmat muddati uzaytirilgan kapital vagon ta’miri) va 92 ta kapital ta’mir dan chiqarildi.

40 ta yo’lovchi tashuvchi vagonlar ta’miri, 39 ta TO-3 hajmidagi vagon ta’miri bajarildi. Daromad 288 525 AQSH dollarini tashkil qilgan bo’lib, avvalgi yilgiga nisbatan o’sish surati 121 % ni tashkil qildi.

Korxonaning 2015 yildagi daromadi 7 mln. 788 ming 958 AQSH dollarini tashkil qildi.

Umumiy moliyaviy natija 392 ming 354 AQSH dollarini tashkil qildi. Biznes rejadan -101,2 %.

Sof foyda 314 ming 521 AQSH dollarini tashkil qildi. (100,12 % biznes rejadan).