Kompaniya haqida

Jamiyatning nomlanishi:

O’zbekiston Respublikasi davlat tilida: to’liq nomi - “O’ZVAGONTA’MIR” Aksiyadorlik Jamiyati, qisqartma shakli - “O’ZVAGONTA’MIR” AJ;

Rus tilida: to’liq nomi – Акционерное Общество “O’ZVAGONTA’MIR”, qisqartma shakli – АО “O’ZVAGONTA’MIR”.

Jamiyatning yuridik va pochta manzili: O’zbekiston Respublikasi Toshkent sh., 100073, Yashnobod tumani, Fargona yoli 3 tor ko’chasi, 163-uy

“O’ZVAGONTA’MIR” Aksiyadorlik Jamiyati, yuk tashuvchi vagonlarni ta’mirlash Unitar korxonasidan “O’ZTA’MIRVAGON”ga Davlat Mulkini boshqarish qo’mitasining 28.07.2002 dan № 184-k-PO sonli buyrug’iga asosan o’zgartirildi.

Jamiyat yuridik shaxs hisoblanib, u o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish” to’g’risidagi qonuni, hamda O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va Nizomi asosida amalga oshiradi.

Jamiyat mustaqil balans, hisob raqami va O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bankdagi boshqa hisoblar hamda davlat tilida jamiyatningto’liq nomi ko’rsatilgan dumaloq muhrga ega.

Jamiyat o’z nomi ko’rsatilgan shtamp va blanklarga, shaxsiy emblemasiga shuningdek, belgilangan tartibda ro’yxatga olingan tovar belgisi vaboshqa identifikatsiya vositalariga ega.